"Dim zoʻr": Oʻzbekistonda paxta rejasini birinchi boʻlib Xorazm viloyati bajardi

© Sputnik / Aleksey Kudenko / Fotobankka oʻtishSbor xlopka
Sbor xlopka - Sputnik Oʻzbekiston
Xorazmlik paxtakorlar davlatga 250 400 tonna paxta topshirishgan

TOSHKENT, 17 okt — Sputnik. Paxta rejasini birinchi boʻlib Xorazm viloyati bajardi, deb xabar qildi "Zamin" nashri.

"2017 yilgi paxta topshirish boʻyicha shartnoma majburiyatlarini Xorazm viloyati mehnatkashlari birinchi boʻlib ado etdi. Bu haqda "Xorazmpaxtasanoat hududiy filiali" MCHJ maʼlumotnomasida keltirilgan.

Jamiyat
Paxta terimiga jalb qilingan yoshlar mehnati ish staji sifatida hisobga olinyapti
Unga koʻra, xorazmlik paxtakorlar davlatga 250 400 tonna paxta topshirishgan, shundan 500 tonnasi paxta terish mashinasida terib olingan", — deyiladi xabarda.

Ilgariroq Oʻzbekiston hukumati 2017 yilda paxta terimi uchun mehnatga haq toʻlash tariflarini belgilagani haqida xabar qilgan edik.

Hujjatga muvofiq, birinchi bosqichda qoʻlda terilgan xom-paxtaning bir kilogrammi uchun mehnat haqi 450 soʻm, ikkinchi bosqichda, yaʼni 2017 yilning 1 oktyabridan boshlab bu summa 500 soʻm etib belgilandi.

Mashinada terilgan xom-paxta uchun tarif stavkalari bir tonnaga 260 ming etib belgilangan.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala