Gaz ballonli avtomobillarga kuzatuv qurilmalari o‘rnatiladi

© Yuriy Korsunsev / Gazeta.uzDorojnoe dvijenie v Uzbekistane
Dorojnoe dvijenie v Uzbekistane - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
"O‘zbekneftegaz"da yagona boshqaruv markazi tashkil qilinadi. Ushbu markaz axborot tizimini tatbiq etish vazifalari bilan shug‘ullanadi.

TOShKENT, 17 okt — Sputnik. O‘zbekistonda gaz ballonlar bilan jihozlangan barcha avtomobillarni maxsus kuzatuv qurilmalari (datchik) bilan jihozlash rejalashtirilmoqda. Bu haqda Sputnik muxbiri xabar qildi.

V Uzbekistane startoval protsess rebrendinga zapravok UzGazOil - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekiston avtomobillarga gaz quyish shoxobchalarini qurishdan voz kechmoqda

Respublika hukumati "O‘zbekneftegaz"da yagona boshqaruv markazini tashkil etish to‘g‘risida topshiriq berdi. Ushbu markaz maxsuslashtirilgan axborot tizimini tatbiq etish va foydalanish ishlari bilan shug‘ullanadi. Axborot tizimi avtotransport vositalaridagi gaz ballon uskunasining texnik holatini nazorat qilishni real vaqt rejimida (onlayn) amalga oshirish mo‘ljallanmoqda. Shu bilan birga, avtomobilga gaz to‘ldiruvchi kompressor stansiyalari (AGTKS) ish faoliyati va siqilgan tabiiy gaz hisobga olish va nazorat qilish ishlari amalga oshiriladi.

2019 yil yakuniga qadar butun respublikada 800 mingdan ortiq avtomashinalarni siqilgan tabiiy gaz asosida ishlashga o‘tkazish rejalashtirilmoqda. Ularning 712 ming avtomashina jismoniy shaxslarga, qolganlari yuridik shaxslarga tegishlidir.

Shu bilan birga hukumatning tahminlariga ko‘ra, siqilgan tabiiy gaz yoqilg‘i sifatida foydalanish kelgusi 3-yil ichida 21 foizga (2017 yilda — 2,4 mlrd kubametr, 2019-yilda — 2,9 mlrd kubametr) ortadi.

Ushbu jarayonni tezlashtirish maqsadida hukumat tomonidan tarmoq tuzilmalarga gaz ballon uskunalarini xarid qilish va avtomashinalarga o‘rnatish uchun qulay shart-sharoitlar yaratish maqsadida AGTKSlarda "yagona oyna" tamoyili asosida imtiyozli kreditlarni ajratish to‘g‘risidagi shartnomalarni rasmiylashtirish joylarini tashkil etish bo‘yicha tavsiyalar berildi.

Na ulitsax Tashkenta - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekistonda avtomobillarda ayrim gaz ballonlaridan foydalanish taqiqlanadi

Bundan tashqari, dunyoning yetakchi ishlab chiqaruvchilarini jalb qilgan holda siqilgan tabiiy gaz uskunalari ishlab chiqarish lokalizatsiyasi ulushini oshirish rejalashtirilgan.

O‘zbekiston Vazirlar Mahkamasi mahalliy hokimiyatlarga 2017-yil 1-dekabrdan boshlab yangi avtomobillarga gaz quyish shoxobchalari (AGQSh) qurish uchun yer ajratishni taqiqlagandi.

Bunda, mavjud AGQShlar bosqichma-bosqich ravishda avtomobillarga gaz to‘ldirish kompressor stansiyalariga (AGTKS) aylantiriladi. Yoqilg‘i quyish shoxobchalarini o‘zgartirishning batafsil rejasi shu yilning dekabr oyi o‘rtalariga qadar ishlab chiqiladi.

Shu bilan birga 2018-yil 1-fevraldan 2018-yil 1-fevraldan boshlab STG-2, STG-3 va STG-4 turidagi gaz ballonli uskunalar o‘rnatilgan avtomobillardan foydalanish taqiqlandi. Shuningdek, zavod komplektatsiyasi buzilgan STG-1 ballonli transport vositalarini boshqarish ham taqiqlandi.

Amaldagi qonunchilikka ko‘ra, foydalanilishi taqiqlangan transport vositalarini boshqarish eng kam ish haqining 5 baravari miqdoridagi jarima solinishiga sabab bo‘ladi (748 875 so‘m).

Yangiliklar lentasi
0