Siyosat

Oʻzbekiston-Janubiy Koreya savdo-iqtisodiy aloqalari muhokama qilindi

© MID UzbekistanaVstrecha s zamestitelem premyer-ministra Respubliki Koreya Kim Dong-Yonom i federalnыm kantslerom Shveytsarii po ekonomike Yoxanom Shnayder-Ammanom
Vstrecha s zamestitelem premyer-ministra Respubliki Koreya Kim Dong-Yonom i federalnыm kantslerom Shveytsarii po ekonomike Yoxanom Shnayder-Ammanom - Sputnik Oʻzbekiston
Mazkur uchrashuvda Shveytsariya savdo boʻyicha federal kantsleri ham ishtirok etdi. Kantsler Oʻzbekistonga tashrif buyurishi va sheriklar bilan muzokaralar oʻtkazilishini maʼlum qildi.

TOSHKENT, 17 okt — Sputnik. Butunjahon banki guruhi boshqaruvchilar kengashi va Xalqaro valyuta jamgʻarmasi har yili oʻtkaziladigan sessiyalar doirasida Oʻzbekiston delegatsiya tarkibida Oʻzbekiston bosh vaziri oʻrinbosari Jamshid Qoʻchqorov va Markaziy bank raisi Mamarizo Nurmuratov Janubiy Koreya bosh vaziri oʻrinbosari Kim Dong-Yon va Shveytsariya iqtisodiyot boʻyicha federal kantsleri Yoxan Shnayder-Amman bilan uchrashdilar. Tashqi ishlar vazirligi xabariga asosan.

Podpisaniye dokumentov - Sputnik Oʻzbekiston
Siyosat
Vazir Kamilovga yangi yordamchi tayinlandi

Uchrashuvda Janubiy Koreya va Oʻzbekiston oʻrtasida savdo-investitsiya va moliyaviy texnik sohalarda hamkorlikni yanada rivojlantirish masalalari muhokama qilindi.

Hozirgi vaqtda Janubiy Koreyaning yetakchi kompaniyalar bilan netfgaz, kimyo, qazib olish, mashinasozlik, elektrotexnika va toʻqimachilik, axborot kommunikatsiya texnologiyalar, transport, logistika, turizm sohalarida istiqbolli investitsiya dasturlari va loyihalari amalga oshirilmoqda.

1992 yilda qabul qilingan Savdo bitimi asosida ikki davlat oʻrtasida eng qulay savdo rejimi oʻrnatilgan. Janubiy Koreya Osiyo-Tinch okeani mintaqasida Oʻzbekistonning eng yetakchi boʻlgan savdo sherigi hisoblanadi. Oʻtgan yil koʻrsatkichlariga koʻra ikki davlat oʻrtasida tashqi savdo aylanmasi 1 mlrd dollardan ortdi. Janubiy Koreyaning Oʻzbekiston iqtisodiyotiga toʻgʻridan toʻgʻri investitsiyalar hajmi esa 7 mlrd dollardan koʻpayib ketdi.

Muzokaralarda Shveytsariya tomonidan ikki tomonlama savdo-iqtisodiy, investitsiya va moliyaviy sohalarda hamkorlikni kengaytirish masalalari koʻrib chiqildi. Butunjahon banki Shveytsariya guruhi doirasida hamkorlik masalalari oʻrganib chiqilib, kelishildi.

Yoxan Shnayder-Amman Oʻzbekistonga tashrif buyurishi va sheriklar bilan uchrashuv oʻtkazilishini maʼlum qildi.

Bugungi kunda Oʻzbekiston Shveytsariya bilan 2017 yil iyun oyida Tsyurixda oʻtkazilgan biznes-forum jarayonida qator kelishuvlar amalga oshirilmoqda. Shveytsariya sarmoyalari asosida farmatsevtika, toʻqimachilik, oziq-ovqat, kimyo, mashinasozlik, elektrotexnika va boshqa sohalarda investitsion loyihalar amalga oshirilmoqda.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala