Jamiyat

Oʻzbekistonda oʻsmirlarga energetik ichimliklar sotish taqiqlanadi

© EARL S.CRYER / AFPBanki s energeticheskimi napitkami
Banki s energeticheskimi napitkami - Sputnik Oʻzbekiston
Deputatlar tomonidan oziq-ovqat mahsulotlarining xavfsizligi toʻgʻrisidagi qonuniga 18 yoshga toʻlmagan shaxslarga energetik ichimliklarini sotish hamda soat 7 dan 22 gacha ushbu ichimliklarni reklama qilishni taqiqlash toʻgʻrisidagi oʻzgartirishlar kiritish boʻyicha ish olib borilmoqda

TOSHKENT, 17 okt — Sputnik. Oʻzbekistonda 18 yoshga toʻlmagan shaxslarga energetik ichimliklarni sotilishiga taqiq qoʻyish rejalashtirilmoqda. Bu haqda Sputnik muxbiri xabar qildi.

Tabletki tramadola - Sputnik Oʻzbekiston
Hodisalar
Oʻzbekistonda kuchli taʼsir qiluvchi dorilar sotuvchi yirik guruh qoʻlga olindi

Yangi qonun loyihasi parlamentning quyi palatasi tomonidan ishlab chiqilgan. Qonun amaldagi qonunchilikka bir qator oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritishni nazarda tutadi.

Xususan, deputatlar "Oziq-ovqat mahsulotlari sifati va xavfsizligi toʻgʻrisidagi" Qonunni oʻzgartishmoqda. Hujjatning ikkinchi moddasi mazkur yoʻnalishdagi tushunchalar bilan toʻldiriladi.

Jumladan, deputatlar fikrlariga koʻra, energetik ichimliklar — bu alkogolsiz ichimlik boʻlib, uning tarkibida organizmning jismoniy va aqliy qobiliyatlarini kuchaytiruvchi, tetiklashtiruvchi kimyoviy moddalar mavjud. Ichimliklar turlari roʻyxati va eng yuqori tarkibi Sogʻliqni saqlash vazirligi tomonidan aniqlashtiriladi.

Bundan tashqari, qonunning 14-moddasining 5 — qismida quyidagi mazmundagi band bilan toʻldirish taklif qilinmoqda: "18 yoshga toʻlmagan shaxslarga energetik ichimliklarini sotish taqiqlanadi".

Ushbu mahsulotlar reklamasi sohasida ham tubdan oʻzgatirishlar kutilmoqda

Deputatlar energetik ichimliklarni soat 7 dan 22 gacha elektron shaklda reklama qilishga taqiq kiritish rejalashtirilmoqda. Shuningdek, bolalar va oʻsmirlar uchun moʻljallangan bosma nashrlarda, xususan birinchi va oxirgi, teledasturlar chop etiladigan vaqarlarda ichimliklar tovar belgilari va rasmlarini chop etishga taqiq qoʻyiladi. Shuningdek, tibbiyot, sport, maktabgacha va boshqa taʼlim muassasalarida, jamoat transport vositalari salonlarida energetik ichimliklar reklamasini joylashtirish taqiqlanadi.

Rabota farmatsevticheskogo predpriyatiya Oblastnoy aptechnыy sklad v gorode Chelyabinske - Sputnik Oʻzbekiston
Jamiyat
Dori-darmon taqchilligi va uning narxi oʻsishi muammosi hal qilindi

Bu hammasi emas. 18 yoshga toʻlmagan shaxslarga reklama qilish maqsadida energetik ichimliklarini tekinga tarqatish taqiqlanadi. Tovar belgisi va rasmlarinni qoʻllagan holda voyaga yetmagan shaxslar uchun moʻljallangan tadbirlarda himoylik qilishni ham taqiqlash koʻzda tutilmoqda.

Nihoyat mamlakatda voyaga yetmagan shaxslar oʻrtasida ushbu ichimlik tovar belgisi va nomi chizilgan futbolka, bosh kiyim va turli oʻyin tadbirlarida bepul tarqatish yoki sotish taqiqlanadi.

Ushbu masalada aniqlangan qoidabuzarliklar jazosiz qolmaydi. Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksning 164 — moddasi yangi jarima miqdori bilan toʻldiriladi. 18 yoshga toʻlmagan shaxslarga energetik ichimliklarni sotgan fuqarolarga eng kam oylikning besh baravaridan oʻn baravarigacha, mansabdor shaxslarga eng kam oylikning yetti baravaridan oʻn besh baravarigacha jarima qoʻllash taklif qilinmoqda.

Hozirgi vaqtda hujjat muhokama qilish jarayonida boʻlib, unga tegishli oʻzgartirishlar kiritilishi mumkin.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala