Ukrainada prezident Poroshenkoning qarorgohini qo‘riqlash kuchaytirildi ‍

© Sputnik / Mixail Markiv / Mediabankka o‘tishPrezident Ukraini Petr Poroshenko
Prezident Ukraini Petr Poroshenko - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Seshanba kuni bir nechta partiyalar va qator jamoatchilik tashkilotlari bayroqlarini ko‘tarib olgan fuqarolar Oliy rada binosi oldida norozilik namoyishini boshlashdi

TOShKENT, 18 okt — Sputnik. "Samopomosh" fraksiyasi deputati Viktoriya Voysiskayaning ta’kidlashicha, kuch ishlatish tizimlari Ukraina prezidenti Petr Poroshenkoning Kiyev yaqinidagi qarorgohini qo‘riqlashni kuchaytirishdi, deb xabar bermoqda RIA Novosti.

Bivshiy prezident Gruzii, eks-gubernator Odesskoy oblasti Mixail Saakashvili (v sentre)u punkta propuska Shegeni na ukrainsko-polskoy granitse - Sputnik O‘zbekiston
Poroshenko: Saakashvili Ukraina chegarasini noqonuniy kesib o‘tdi

Seshanba kuni "Natsionalniy korpus", "Svoboda", "Batkivshina", "Samopomosh", "Grajdanskaya pozitsiya", "Dvijenie novix sil" partiyalari va qator jamoatchilik tashkilotlari bayroqlarini ko‘tarib olgan fuqarolar Oliy rada binosi oldida norozilik namoyishini boshlashdi. Ular deputatlik daxlsizligini bekor qilishni va korrupsiyaga qarshi sud tashkil etilishini talab qilishmoqda. Huquqni muhofaza qiluvchi organlar hukumat mavzesida tartibni saqlashni kuchaytirishdi, politsiya markazda harakatlanishni to‘sib qo‘ydi. Kechqurun kuch ishlatish tizimlari va faollar o‘rtasida to‘qnashuv yuz berdi. IIVning ma’lumotlariga ko‘ra, to‘qnashuv oqibatida bir politsiyachi va bir faol jarohatlangan. Miting o‘tkazuvchilar Oliy rada yaqinida chodirlar tikib tunni shu yerda o‘tkazishdi.

"Bugun markazda aksiya o‘tkaziladigan joylarda tartibni saqlash uchun ko‘plab kuch ishlatish tizimlari jalb etilganligini tushunaman, kun tartibsizliklarsiz o‘tgani yaxshi bo‘ldi. Lekin aytingchi, prezidentning shaxsiy qarorgohini qo‘riqlash uchun nega buncha ko‘p texnika va odamlar qo‘yildi? Buning ustiga, yo‘lni ham vaqtincha to‘sib qo‘yishdi. Kimdan qo‘rqishapti?" — deb yozadi Voysiskaya Facebookdagi sahifasida. Deputatga huquqni muhofaza qiluvchilar bu choralar o‘quv mashg‘ulotlari ekanligini aytishgan.

Yangiliklar lentasi
0