Jamiyat

Toshkentda 350 ta gazda yuruvchi MAN avtobuslari paydo boʻladi

© Sergey KivenkoPervыy den rabotы s passajirami
Pervыy den rabotы s passajirami - Sputnik Oʻzbekiston
Obuna boʻlish
Yandex newsTelegram
2017-2019 yillarda Toshkentda 350 ta gazda yuruvchi MAN Auto Uzbekistan qoʻshma korxonasida ishlab chiqarilgan MAN A22 CNG avtobuslari ishga tushadi.

TOSHKENT, 18 okt — Sputnik. Toshkent shahar hokimiyati 2017-2019 yillarda 350ta MAN rusumli siqilgan gazda harakatlanuvchi avtobuslar xarid qilishni rejalashtirgan, deb xabar qilmoqda Sputnik muxbiri.

Bu "Toshshahartransxizmat" avtoparkini yangilash rejasiga koʻra amalga oshirilishi kerak. Poytaxt avtoparklariga oʻrta va katta sigʻimdagi mahalliy avtobuslar bilan jihozlanishi rejalashtirilgan.

Na ulitsax Tashkenta - Sputnik Oʻzbekiston
Jamiyat
Oʻzbekistonda avtomobillarda ayrim gaz ballonlaridan foydalanish taqiqlanadi

2017 yilning yanvar oyidan boshlab MAN Auto Uzbekistan qoʻshma korxonasida siqilgan gazda yuruvchi past polli MAN A22 CNG avtobuslarini sotib olish rejalashtirilgan. Ushbu avtobuslar SPG-3 turdagi gaz ballonlari bilan jihozlangan.

Eslatib oʻtamiz, 2015 yilning sentyabr oyidan buyon ushbu turdagi yoʻlovchi avtobus sinov tariqasida yoʻlovchilarga xizmat koʻrsatib kelayotgan edi. Bugungi kunda u 130 ming kilometr masofa bosib oʻtdi. Bugungi kunda uning barcha asosiy agregatlari soz ishlamoqda, avtobus saloni barcha zamonaviy qulaylik va xavfsizlik  talablariga javob beradi.  

Samarqanddaga MAN Truck and Bus AG Oʻzbekiston-Germaniya qoʻshma korxonasida  MAN A22 CNG past polli shahar yoʻlovchi avtobuslari ishlab chiqarishni yoʻlga qoʻyish 2014 yilda boshlangan edi.

V Uzbekistane startoval protsess rebrendinga zapravok UzGazOil - Sputnik Oʻzbekiston
Iqtisod
Oʻzbekiston avtomobillarga gaz quyish shoxobchalarini qurishdan voz kechmoqda
Avtobus kuzovi alyumin metallidan yasalgan boʻlib, uning tomiga SPG-3 turdagi gaz ballonlari oʻrnatish rejalashtirilgan. Bunday ballonlar SPG-1 turdagi ballonlarga nisbatan 70%ga yengil boʻlib, avtobuslar tejamkorligini oshiradi.

Eslatib oʻtvmiz, Oʻzbekiston hukumati 2018 yilning 1 fevralidan boshlab siqilgan gazda yuruvchi transport vositalari uchun SPG-2, SPG-3, SPG-4 turdagi gaz ballonlaridan foydalanishni taʼqiqlab qoʻygan. Faqat MAN A22 CNG avtobuslariga nisbatan ushbu qoida amal qilmaydi. Ularda SPG-3 turdagi britaniyaning Luxfer Group kompaniyasida ishlab chiqarilgan ballonlar oʻrnatilgan.

Umumiy hisobda Oʻzbekistonda 2019 yil oxiriga qadar 800 mingdan ortiq avtomobillarni gazga oʻtkazish rejalashtirilgan. Ulardan 712 mingtasi xususiy avtomobillar.

Yangiliklar lentasi
0