TOSHKENT, 18 okt — Sputnik. Samarqand shahri kuni arafasida Amir Temur nomidagi madaniyat va istrohat markazining "Esperanto" xalqaro doʻstlik toʻgaragi faollari "Samarqand haqida soʻz" nomi ostida xalqaro maktublar kunini tashkil etishdi.
Loyihada Oʻzbekiston tarixi va madaniyati bilan qiziquvchi butun dunyodan kishilar ishtirok etishdi.
"Men Samarqandga safarimni quvonch va qoniqish bilan eslayman. Bu madaniyat, arxitektura, sanʼat va tarixga boy ajoyib shahar!", — deb yozadi Rim shahridan Mariya Karla Klaudi.
"Men 84 yoshda boʻlsam ham Samarqandning arxitektura goʻzalliklariga xuddi 8 yoshli qiziquvchan boladek mehr bilan nazar solaman. Sharq gavhari Samarqandga, u haqda oʻylashga, orzu qilishga va soʻzlashga arziydigan bu shaharga qaynoq salomimni yoʻllayman", — deyiladi Braziliyaning Barra-du-Garsas shahrida yashovchi Amarilio Xeviya de Karvalyuning maktubida.
Oʻn sakkizinchi oktyabr kuni Samarqand shahrining 2750 yilligi nishonlandi. Aktsiya tashkilotchilariga maktublar kelishi davom etmoqda.