Ekspert Ramzan Qodirov O‘zbekistonga nima maqsadda kelganini aytdi

© Sputnik / Said Sarnayev / Mediabankka o‘tishGlava Chechni Ramzan Kadirov
Glava Chechni Ramzan Kadirov - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Chechenistonning Grozniy shahridagi markaziy masjidni payg‘ambar Muhammad (s.a.v.)ning kosalari bezab turibdi. 1400-yillik tarixga ega bu muqaddas va o‘ta noyob yodgorlik Ramzan Qodirovning sa’yi-harakatlari o‘laroq Londondan maxsus reys bilan olib kelingan

TOShKENT, 18 okt — Sputnik, Dilshoda Rahmatova. Chechenistonda saqlanib kelinayotgan, musulmonlarning aksariyati ko‘zida yosh bilan tomosha qiladigan noyob yodgorlik haqida bejizga esga olmadik. Chunki Checheniston rahbari payg‘ambar Muhammad (s.a.v.)dan keyin qolgan ko‘pgina noyob yodgorliklar sohibi hisoblanadi. 

© Press-slujba Upravleniya musulman UzbekistanaGlava Chechni Ramzan Kadirov poobshalsya s musulmanami v Tashkente
Glava Chechni Ramzan Kadirov poobshalsya s musulmanami v Tashkente - Sputnik O‘zbekiston
Glava Chechni Ramzan Kadirov poobshalsya s musulmanami v Tashkente

Qayd etish joizki taniqli siyosatchi, davlat rahbari bo‘lmish Ramzan Qodirovning O‘zbekistonga birinchi safari internet foydalanuvchilari orasida keng muhokama qilindi. Qodirovning O‘zbekistonga tashrifiga har kim o‘zicha baho berdi.

"Ramzan din arbobi emasku, nega u O‘zbekistonga qilgan tashrifiga diniy tus berishga harakat qildi", deya savol beruvchilar ham topildi.

Ramzan nega samolyotdan tushishi bilanoq otasining ustozi qabriga yo‘l oldi? Ramzan O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan islohotlar borasida qanday fikr bildirdi? Nega u aynan Toshkent, Samarqand va Buxoro shaharlarini ziyorat qildi? degan savollarga Checheniston rahbarining o‘zi hamda siyosatshunos javoblarini e’tiboringizga havola qilamiz. 

Checheniston rahbari bo‘ynidagi qarz

Checheniston rahbari samolyot Islom Karimov nomidagi xalqaro aeroportga qo‘nishi bilan to‘g‘ri otasining ustozi — butun musulmon olamining eng taniqli shaxslaridan biri shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf hazratlari qabrlarini ziyorat qilish uchun yo‘l oldi.

 

Shayx Ramzan Qodirovning otasi — Checheniston Respublikasining birinchi prezidenti, Rossiya Qahramoni Ahmad-Hoji Qodirovning eng yaqin do‘sti bo‘lgan. Ramzan Qodirovning aytishicha, ular o‘rtasidagi do‘stlik Ahmad-Hoji Qodirov imom Buxoriy nomidagi islom institutida tahsil ola boshlaganida yuzaga kelgan. Shayx Muhammad Sodiq Ramzanning otasini ustozi bo‘lgan. "Shayx so‘nggi kunigacha otam haqida xotiralarni saqlab kelgan, barcha tadbirlarimizga kelardilar, oilamizdan xabar olib turardilar", — deydi bu borada Ramzan Qodirov.

Checheniston rahbari shu boisdan ham O‘zbekistonga qilgan birinchi tashrifi davomida o‘z bo‘ynidagi qarzdan xalos bo‘lishni ezgu maqsad qilib qo‘yganligini yashirmadi. Ramzan Qodirov bu borada o‘z Instagrammida quyidagilarni bildirdi:  

"Assalamu alaykum! Mehribon Yaratgan inoyati ila O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev taklifiga binoan Toshkent shahrini ziyorat qildim. Aziz OTAM, Checheniston Respublikasining Birinchi prezidenti, Rossiya qahramoni Ahmad-Hoji Qodirovning o‘qish yillaridagi xotiralari shu shahar bilan bog‘liq. U kishi imom Al-Buxoriy nomidagi Islom institutida tahsil olganlar. Men Islom sivilizatsiyasi markazi hisoblanmish Hazrati imom majmuasidagi masjidda namoz ado etdim. 

Glava Chechni Ramzan Kadirov pomolilsya s musulmanami v Tashkente - Sputnik O‘zbekiston
Ramzan Qodirov Toshkentga tashrifi chog‘ida otasi ta’lim olgan oliygohda bo‘ldi

Yirik masjid namozxonlar bilan deyarli to‘lgani meni bag‘oyat xursand qildi. Bir umrlik orzuim vojib bo‘ldi — muqaddas Qur’oni Karimning xalifa Usmon nusxasini ko‘rdim. Ma’lumki, Qur’onning qadimgi nusxasi hisoblanmish bu muqaddas kitobda xalifaning qoni bor. Men, shuningdek, Toshkent Islom instituti rektori va Ahmad-Hojining ustozi, buyuk islomiy olim va faylasuf, zamonaviy O‘zbekistonning birinchi muftiysi Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf xotirasi oldidagi qarzimni ado etdim — Toshkentda u kishining qabrini ziyorat qildim. Shayx bizning oilamizning va chechen xalqining yaqin do‘sti edilar. Yaratgan Allohning inoyati bilan 2015-yilning mart oyida Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf abadiy jannat bog‘lari bor taqvoli dunyoga yo‘l olish uchun ushbu Gunohga botgan dunyoni tark etdilar".

Eslatib o‘tamiz, 2015-yilda shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf vafoti munosabati bilan chuqur hamdardlik bildirgan Ramzan Qodirov "shayx o‘zining bebaho bilimlarini butun dunyo bo‘yicha shogirdlari bilan bo‘lishgan" deya e’tirof etib, Chechenistondagi ko‘chalardan biriga shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf nomi berilishini ma’lum qilgan edi.

Ramzan Qodirovning O‘zbekiston haqida taassurotlari

Checheniston rahbari Ramzan Qodirov o‘z Instagramida O‘zbekistonga safaridan olgan taassurotlari bilan bo‘lishdi.

Qodirov O‘zbekiston haqida bu shunday davlat va xalqki "o‘z qadimiy tarixiga ega, o‘z oldiga qo‘ygan maqsadi bor va bu maqsad sari intilmoqda", — deb yozgan.

Ramzan Qodirov - Sputnik O‘zbekiston
Ramzan Qodirov Mir Arab Oliy madrasasining faxriy talabasi bo‘ldi

Ramzan Qodirov O‘zbekiston kelajakda eng taraqqiy etgan va gullab-yashnayotgan davlatga aylanishiga shubha qilmaydi.

"Prezident Shavkat Mirziyoyev bilan bo‘lib o‘tgan uchrashuv hamda mamlakat regionlari bo‘ylab amalga oshirgan safarlarimdan so‘ng bunga qat’iy ishondim. Prezident yaqin kelajak uchun belgilangan dasturlar va istiqbollar haqida so‘zladi. Iqtisod, ijtimoiy soha, madaniyat. Ammo ma’rifat, ilm va ma’naviy barkamollikka alohida e’tibor berildi", — deb yozgan Checheniston rahbari.

Qodirov o‘z taasurotlarida internet foydalanuvchilariga O‘zbekiston prezidenti hadisshunoslik bo‘yicha dunyodagi eng yaxshi ilmiy-tadqiqot markazini qurishni rejalashtirayotgani haqida habar qilgan.

Mahalliy ekspert fikri

Sputnik O‘zbekiston nashrining siyosatshunos manbasi fikriga ko‘ra, Checheniston rahbari Ramzan Qodirov O‘zbekistonga, eng avvalo, O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev tashabbusi bilan yaratilayotgan Islom sivilizatsiyasi markazini o‘z ko‘zi bilan ko‘rish va unga munosib baho berish uchun tashrif uyushtirgan.

Glava Chechni Ramzan Kadirov - Sputnik O‘zbekiston
Ramzan Qodirov: Mirziyoyev Chechenistonga tashrif buyurishga va’da berdi

"Ramzan Qodirovning O‘zbekistondagi din markazlari hisoblanmish yirik shaharlarga safari ham shu bilan izohlanadi", dedi ekspert.

Suhbatdosh, shuningdek, Checheniston rahbari terrorizm balosiga qarshi kurashda salmoqli tajribaga ega ekanligi hamda bu borada o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashishi mumkinligini ham alohida e’tirof etib o‘tdi.

"Ramzan Qodirovning O‘zbekistonga amaliy tashrifi davomida yirik hajmdagi kelishuvlar imzolanmaganidan kelib chiqib, ushbu tashrif tagzamiri iqtisodiy maqsadlardan ko‘ra, "ma’naviy-ma’rifiy tashrif"ga ancha yaqin bo‘ldi deyish mumkin", deya o‘z fikriga yakun yasadi siyosatshunos.

Yangiliklar lentasi
0