Jamiyat

Toʻylar muborak: deputatlar toʻy-hashamlar borasida qaror qabul qilishdi

Obuna boʻlish
Yandex newsTelegram
Tegishli tashkilotlarga toʻylarda sanʼatkorlar tomonidan ijro etiladigan qoʻshiqlar mazmun mundarijasini koʻrib chiqish, poytaxtdan tashrif buyuradigan sanʼatkorlar litsenziyasi, ularning repertuarini nazoratga olish tavsiya etildi

TOSHKENT, 18 okt — Sputnik. Samarqand viloyatida toʻy-hashamlarni tartibga solish, ortiqcha dabdababozliklarga chek qoʻyish borasida qator chora-tadbirlar amalga oshiriladi, deb xabar berdi Sputnik muxbiri.

Xalq deputatlari Samarqand viloyat Kengashi toʻy-hashamlar, oilaviy tantanalar, maʼraka va marosimlarni tartibga solishning qoʻshimcha chora-tadbirlari toʻgʻrisida qaror qabul qildi.

Svadebnыe koltsa - Sputnik Oʻzbekiston
Analitika
Dabdabaning dabdalasi: dabdabaga qarshi qonun qabul qilinadigan vaqt keldi

Qarorga koʻra, viloyat hokimligi madaniyat boshqarmasi, "Oʻzbekkontsert" birlashmasi viloyat boʻlimiga toʻylarda sanʼatkorlar tomonidan ijro etiladigan qoʻshiqlar mazmun mundarijasini koʻrib chiqish, poytaxtdan tashrif buyuradigan sanʼatkorlar litsenziyasi, ularning repertuarini nazoratga olish tavsiya etildi.

Bundan tashqari, viloyat ichki ishlar boshqarmasi toʻylar munosabati bilan kelin-kuyov va ularning yaqinlari shaharda sayr qilishi va suratga tushishi jarayonida fuqarolar va yoʻl harakati xavfsizligiga qatʼiy rioya etishini nazorat qilish va bu boʻyicha tegishli chora-tadbirlarni ishlab chiqishi lozim.

Barcha mahalla fuqarolar yigʻinlarida toʻy-hasham, marosim va oilaviy tadbirlarni muvofiqlashtiruvchi "Jamoatchilik kengashi" tuziladi. Kengash tuman va shaharlar hamda mahalla fuqarolar yigʻinlarida koʻp yillik tajribaga ega boʻlgan faollar, faxriylardan iborat jamoatchilik komissiyalari tashkil etadi hamda toʻy va marosimlarning mazkur jamoatchilik kengashlari tomonidan nazorat qilib borilishini yoʻlga qoʻyadi.

Kelin va kuyov - Sputnik Oʻzbekiston
Jamiyat
Spirtli ichimliklarsiz va "Malibu"larsiz - Samarqandda ibratli toʻy oʻtkazildi

Shuningdek, kengashga toʻy-hashamlar, oilaviy tantanalar va marosimlarni oʻtkazish boʻyicha jamoatchilik fikrini inobatga olmaydigan fuqarolarni mahalla fuqarolar yigʻiniga taklif qilish, ushbu masalani mahalla va mehnat jamoasida muhokama etish, taʼsir chorasini koʻrish va tushuntirish ishlarini oʻtkazish tizimini yaratish vazifalari topshirildi.

Oʻz navbatida, Oʻzbekiston musulmonlari idorasining viloyat vakilligiga toʻy-hashamlar, oilaviy tantanalar va marosimlarni ixcham oʻtkazish, shuningdek, tadbirlarni dabdabali tashkil etish oʻrniga mablagʻni kam taʼminlangan fuqarolarni moddiy qoʻllab-quvvatlashga yoʻnaltirishni targʻib qilish tavsiya etildi.

Yangiliklar lentasi
0