Jamiyat

Umumjahon yoshlar festivalida oʻzbekistonlik talaba bilan qizgʻin suhbat haqida

Obuna boʻlish
Yandex newsTelegram
Sochi shahrida Umumjahon yoshlar va talabalar festivali oʻz ishini davom ettirmoqda. Festivalda butun dunyo mamlakatlaridan tashrif buyurgan minglab yoshlar umumiy muammolarni muhokama qilib, oʻz his tuygʻulari bilan oʻrtoqlashmoqda. Shu bilan birga boshqa davlatlardan kelgan yangi doʻstlarga ega boʻlishmoqda

TOSHKENT, 18 okt — Sputnik, Tatyana Milkovich. Sochi shahrida oʻtkazilayotgan XIX umumjahon yoshlar festivaliga turli mamlakatlardan 20 mingdan ortiq talabalar kelishdi. Ular orasida oʻzbeklarni topish oson ish emas. Kutilmaganda bu masalada Che Gevaraning kitobi yordamga keldi.

Sputnik - Sputnik Oʻzbekiston
Sputnik XIX butunjahon yoshlar va talabalar festivalini qoʻllab-quvvatlaydi

Festival boʻlib oʻtayotgan Olimpiya parkida turli uchrashuv va tadbirlar bilan qaynab toshmoqda. Yoʻl tashvishlari va tantanali ochilish marosimi ortda qoldi.

Turli tillarda soʻzlashishiga qaramasdan yoshlar bir-birini yaxshi tushunib, faol ravishda istiqbolli fikrlarini bayon qilishmoqda.

Forum ishtirokchilari gʻayrat bilan oʻz loyihalarini tushuntirmoqdalar. Ular goʻyoki togʻni talqon qilishga tayyor. Lekin ular orasida oʻzbekistonliklarni topish qiyin.

Markaziy Osiyo davlatlari stendlari qoʻyilgan pavilonga bordim. Mana Qirgʻiziston yoshlari oʻzlarining milliy kiyimlarida mamlakati haqida soʻzlab berishmoqda. Ular yonida milliy yorqin liboslarda chiroyli tojikistonlik qizlar mehmonlarni qutlashmoqda.

Sochida yoshlar festivali - Sputnik Oʻzbekiston
Infografika
Sochida Yoshlar talabalar festivaliga 20 ming kishi keladi!

Lekin bu yerda ham Oʻzbekiston stendi yoʻq. Oʻzbekistonliklarni izlashni davom etib, belaruslar stendiga yetib bordim. U yerda Belarus yoshlari rasmiy va milliy belgilar bilan bezatilgan kiyimlarda barcha qatnashchilarni asal bilan mehmon qilishmoqda. Shuningdek, shu yerda xokkeistlar formasini kiyib koʻrish va oʻz kuchini sinash uchun tosh koʻtarish mumkin.

Ularning qoʻshnilari —vyenamliklar. Ular anʼanaviy poxoldan yasalga shlyapalarda barcha ishtirokchilar bilan selfi rasmga tushishmoqda.

Oʻzbek tilida Che Gevara kitoblari bormi?

Keyingi stendda komandante Che Gevaraning kitoblari qoʻyilgan. Kutilmaganda "Aytingchi, sizda oʻzbek tiliga tarjima qilingan bu kitoblar bormi?" — degan savol eshitildi. Qayrilib qarasam, kelishgan yosh yigit turgan ekan. Shundan keyin kitob haqidagi gap hazil ekanligini tushundim.

XIX Umumjahon yoshlar festivali ochilish marosimi - Sputnik Oʻzbekiston
Foto
XIX Umumjahon yoshlar festivali ochilish marosimi

"YO xudo, siz Oʻzbekistondanmisiz? Men uzoq vaqt oʻzbeklarni qidirgandim!", — oʻz omadimga ishonmagan holda aytdim.

"Va ulardan eng yaxshisini toptingiz!", — deb xushchaqchaqlik bilan oldimizda odamlar koʻlgisi sadosi ostida javob berdi.

Mening tasodifiy suhbatdoshim — Maxmudjon Karimjonov. Yoshi 23 da. U poʻlat va qotishmalar texnik tadqiqotlar milliy universiteti (MISiS) talabasi. Shu bilan birga Maxmud ushbu oliygohda oʻzbekistonlik talabalar kengashi raisi ekan.

Biz qizgʻin suhbatlashdik. Suhbatimiz davomida Moskvada qanday tahsil olayotganligi, oliygohda vatandoshlarning Rossiyada boʻlish bilan bogʻliq boʻlgan muammolarni hal qilish borasida qilayotgan ishlari va turli dam olish tadbirlarini uyushtirishi toʻgʻrisida batafsil soʻzlab berdi.

Maxmud Sochi shahrida oʻtkazilayotgan festival haqida ham oʻz fikrlarini bildirdi. Jumladan, turli xorijiy davlatlardan ishtirokchilar kelgan boʻlishi qaramasdan, yoshlar orasida oʻzaro birlik va hamjihatlik muhiti shakllanganligini alohida eʼtirof etdi.

© Sputnik / Tatyana MilkovichMolodыe lyudi iz Uzbekistana na XIX vsemirnom festivale studentov i molodeji
Molodыe lyudi iz Uzbekistana na XIX vsemirnom festivale studentov i molodeji - Sputnik Oʻzbekiston
Molodыe lyudi iz Uzbekistana na XIX vsemirnom festivale studentov i molodeji

 

Oltin "Yoshlik"

Kelgusi rejalar haqida soʻz borganda, xushchaqchaq boʻlgan yigit tezlik bilan jiddiylashib, "birinchi navbatda Rossiyada, keyinchalik hammasi roʻyobga chiqsa Germaniyada oʻqishni tugatib, Oʻzbekistonga qaytaman va davlat ravnaqi yoʻlida ishlamoqchiman", — deb taʼkidladi.

"Toshkent viloyatida Olmaliq togʻ-metallurgiya kombinati bor. U yerda har yili Rossiyada oʻqimoqchi boʻlgan yoshlar saralab olinadi. Mening omadim keldi. Tanlovdan oʻtib, barcha imtihonlarni aʼlo darajada topshirdim. Endi kombinat mening oʻqishimga toʻlayapti. Oʻqishni bitirgandan soʻng, men metallurgiya sohasi rivojlanishiga oʻz hissamni qoʻshmoqchiman. U yerda oltin qazib olish boʻyicha yangi kon aniqlandi. Uni "Yoshlik" deb nomlashdi. Oʻylayman, kelgusida oʻqishni bitirgach, oʻsha yerda ishlayman", — dedi Maxmudjon.

Biz festivalning qiziqarli voqealari haqida fikr almashdik. Maxmudjon meni Oʻzbekistonga taklif qilib, Toshkent, Samarqand, Buxoro shaharlarning koʻzga koʻringan joylarini koʻrsatishga vaʼda berdi. Biz telefon raqamlari bilan almashdik. Oʻylaymanki, biz tez orada yana albatta uchrashamiz.

Yangiliklar lentasi
0