FVV xodimlari 2 mingdan ortiq qo‘lbola isitgichlarni sotuvdan olib qo‘ydi

Obuna bo‘lish
Is gazi bilan bog‘liq favqulodda vaziyatlarning oldini olish maqsadida bozorlarda, qozonxonalar, g‘isht zavodlari va novvoyxonalarda hamda boshqa korxona va tashkilotlarda reydlar o‘tkazildi

TOShKENT, 19 okt — Sputnik. Favqulodda vaziyatlar vazirligi xodimlari o‘tkazgan reydlar davomida 2 mingdan ortiq nostandart va qo‘lbola isitish moslamalari sotuvdan chiqarildi.

Reydlar is gazi bilan bog‘liq favqulodda vaziyatlarning oldini olish maqsadida bozorlarda, qozonxonalar, g‘isht zavodlari va novvoyxonalarda hamda boshqa korxona va tashkilotlarda o‘tkazildi.

FVV matbuot xizmatining ma’lum qilishicha, tekshiruvlar natijalariga ko‘ra 1378 ta obyekt faoliyati batamom to‘xtatilgan.

Yangiliklar lentasi
0