TOSHKENT, 19 okt — Sputnik. Yil boshidan 615nafar shaxs bedarak yoʻqolgan sifatida roʻyxatga olingan boʻlib, tezkor-qidiruv tadbirlar natijasida oʻn oy davomida 459 nafari yashash joylariga qaytarildi, deb xabar qildi payshanba kuni boʻlib oʻtgan brifingda Toshkent shahar IIBB boshligʻi oʻrinbosari Doniyor Toshxoʻjayev.
Taʼkidlanishicha, olib borilgan tergov-tezkor tadbirlar natijasida oy boshidan — 32 ta, hafta davomida esa —14 ta jinoyatlar fosh etilgan.
"Jinoyatlarning 10 tasi — oʻgʻirlik; 3 tasi — firibgarlik; 1tasi — transport vositasini olib qochish bilan bogʻliq", dedi IIBB rahbari oʻrinbosari.
Shuningdek, Toshxoʻjayev yil boshidan- 1687 nafar, oy boshidan —90 nafar, shundan, hafta davomida-36 nafar qidiruvda boʻlgan jinoyatchilar ushlangani haqida axborot berdi.