Turizm

Alisher Usmonov Buxoroda zamonaviy sayyohlik majmuasini barpo etadi

© Sputnik / Sergey Guneyev / Fotobankka oʻtishVstrecha prezidenta RF V. Putina s premyer-ministrom Indii N. Mod
Vstrecha prezidenta RF V. Putina s premyer-ministrom Indii N. Mod - Sputnik Oʻzbekiston
Obuna boʻlish
Yandex newsTelegram
Tez kunlarda Oʻzbekistonda zamonaviy "Qadimiy Buxoro" sayyohlik majmuasini yaratish loyihasini amalga oshirish boshlanadi. Ushbu loyihada kelib chiqishi oʻzbekistonlik boʻlgan taniqli Rossiya biznesmeni, milliarder Alisher Usmonov ishtirok etadi.

TOSHKENT, 19 okt — Sputnik. Tez kunlarda Oʻzbekistonda zamonaviy "Qadimiy Buxoro" sayyohlik majmuasini yaratish loyihasini amalga oshirish boshlanadi. Ushbu loyihada kelib chiqishi oʻzbekistonlik boʻlgan taniqli Rossiya biznesmeni, milliarder Alisher Usmonov ishtirok etadi. Bu haqda Sputnik muxbiri xabar berdi.

Airbus A340  Burkhan, prinadlejaщiy Alisheru Usmanovu - Sputnik Oʻzbekiston
Jamiyat
Mirziyoyev AQShga nima uchun Alisher Usmonovning samolyotida parvoz qildi

Shu kunlarda Oʻzbekiston Vazirlar Mahkamasi tomonidan yangi sayyohlik hududi uchun alohida joy ajratib berildi. Loyiha tashabbuskorlariga Gijduvon koʻchasi va "Koʻhna va boqiy Buxoro" madaniy maʼrifiy majmuasi oʻrtasidagi maydoni 10 gektar boʻlgan yer joy berildi.

Ushbu qurilishi obʼyekt yaratishiga Milliy bankning kichik korxonasi NBU Bukhara Invest javobgar boʻladi. Loyihaning batafsil kontseptsiyasi 2018 yil yanvar oyiga qadar ishlab chiqilishi zarur.

Ushbu hududda xorijiy sayyohlar maroqli dam olishlari uchun har tomonlama mukammal va zamonaviy boʻlgan kichik qavatli mehmonxonalar, maʼrifiy sogʻlomlashtirish va savdo-sotiq, koʻngil ochar markazlar qurish rejalashtirilmoqda.

Xorijiy sayyohlarni jalb qilish ishlarini yanada jadallashtirish maqsadida Madaniyat vazirligi tomonidan "Qadimiy Buxoro" sayyohlik zonasida, shuningdek shaharning boshqa joylarda turli shou-dasturlar, Buxoroning koʻhna tarixiy voqealarini tasvirlab beradigan teatrlashtirilgan kontsertlar, milliy ansambllar va zamonaviy estrada artistlar chiqishi hamda liboslar modalari va boshqa ommaviy tomoshalar tashkillashtirish koʻzda tutilmoqda.

"Qadimiy Buxoro" hududida faoliyat yurituvchi barcha tadbirkorlik subʼyektlar va sarmoya kompaniyalar 2020 yil 1 yanvariga qadar yagona yer, daromad, mulk soliqlaridan, yagona soliq toʻlovlari, shuningdek bojxona toʻlovlaridan ozod etiladi.

Yangiliklar lentasi
0