Mirziyoyev: o‘zbek-tojik munosabatlari yanada kengayishiga ishonchim komil

© Ofitsialnaya stranitsa glavi RT v FacebookPrezident Uzbekistana Shavkat Mirziyoyev i prezident Tadjikistana Emomali Raxmon
Prezident Uzbekistana Shavkat Mirziyoyev i prezident Tadjikistana Emomali Raxmon - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Tojikiston prezidenti Emomali Rahmonga ikki mamlakat o‘rtasida diplomatik munosabatlar o‘rnatilganligiga 25-yil to‘lishi munosabati bilan tabrik yo‘lladi

TOShKENT, 20 okt – Sputnik. O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Tojikiston prezidenti Emomali Rahmonni ikki mamlakat o‘rtasida diplomatik munosabatlar o‘rnatilganligiga 25-yil to‘lishi munosabati bilan tabrikladi.

Prezident Respubliki Uzbekistan Shavkat Mirziyeyev, pribivshiy s gosudarstvennim vizitom, vo vremya seremonii vstrechi v aeroportu Vnukovo-2 - Sputnik O‘zbekiston
Mirziyoyev Saudiyada Rahmon bilan uchrashib, Tramp bilan tushlikda ishtirok etadi

Tabrik telegrammasida o‘tgan qisqa davr ichida ikki tomonlama hamkorlikni rivojlantirish borasida sezilarli natijalarga erishilganligi e’tirof etiladi.

"An’anaviy qo‘shnichilik, do‘stlik va o‘zaro bir-birini tushunishga asoslangan yaqin va konstruktiv munosabatlar o‘rnatildi", — deyiladi O‘zbekistonning Tojikistondagi elchixonasi saytida joylashtirilgan prezident tabrigida.

Mirziyoyev Rahmon bilan O‘zbekiston va Tojikiston munosabatlarini har tomonlama rivojlantirishda kuchli turtki vazifasini o‘tagan o‘zaro uchrashuv va muloqotlarni iliq xotirlashini bildirgan.

"Bugungi kunda tovar almashish hajmi o‘smoqda, iqtisodiyotning turli sohalaridagi hamkorlik miqyosi kengaymoqda. Ikki mamlakatning yetakchi korxona va ishbilarmon doiralari o‘rtasida uzoq muddatli hamkorlik o‘rnatishga xizmat qilgan o‘zaro ko‘rgazma va biznes forumlar o‘tkazildi", deyiladi O‘zbekiston prezidenti tabrigida.

Samolet aviakompanii Somon Eyr. Arxivnoe foto - Sputnik O‘zbekiston
Tojikistonlik 100dan ortiq tadbirkorlar Toshkentga uchib ketishdi

Telegrammada shuningdek, ikki mamlakat poytaxtlarini birlashtiruvchi to‘g‘ridan-to‘g‘ri aviaqatnovlar yo‘lga qo‘yilganligi e’tirof etiladi.

"Alohida ta’kidlashim lozimki, O‘zbekiston barcha sohalarda ikki tomonlama amaliy hamkorlikni yanada kuchaytirish, munosabatlarimizga mutlaqo yangicha ruh berishga va bu munosabatlarni aniq mazmun bilan to‘ldirishga tayyor" deyiladi Mirziyoyev tabrigida.

O‘zbekiston prezidenti o‘zbek-tojik hamkorligi bundan buyon ham kengayib borishiga hamda bu mintaqadagi barqarorlik, xavfsizlik va taraqqiyot manfaatlariga xizmat qilishiga ishonch bildirgan.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston va Tojikiston o‘rtasida 1992-yil 22-oktabrda diplomatik munosabatlar o‘rnatilgan.

Yangiliklar lentasi
0