Moskvada berilgan barcha patentlarning yarmiga yaqinini o‘zbekistonliklar oldi

© Sputnik / Kirill Kallinikov / Mediabankka o‘tishVidacha pervix patentov v Yedinom migratsionnom sentre Moskovskoy oblasti
Vidacha pervix patentov v Yedinom migratsionnom sentre Moskovskoy oblasti - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
2015 yilda Moskvada migrantlar patent uchun 11 mlrd rubl to‘lashgan. Bu shahar budjetiga neft kompaniyalari daromad solig‘idan tushgan puldan ham ko‘proqni tashkil etadi

TOShKENT, 20 okt – Sputnik. Moskvada yilning o‘tgan to‘qqiz oyi davomida mehnat migrantlariga 323 mingta patent berildi. Bu haqda iqtisodiy siyosat va taraqqiyot departamenti rahbari Vladimir Yefimovga tayanib O‘zbekiston tashqi mehnat migratsiyasi agentligi xabar berdi.

Vacheslav Postavnin - Sputnik O‘zbekiston
Ekspert: patentlarning qimmatligi migrantlarni yorug‘likka chiqarmayapti

"Saxarovo ko‘p tarmoqli migratsiya markazi 2017-yilning to‘qqiz oyi davomida 323 mingta patent berdi, bu o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 10 foizga ko‘pdir", — dedi Yefimov.

Uning so‘zlariga ko‘ra, jami patentlarning 46 foizi O‘zbekiston fuqarolariga, 32 foizi Tojikiston fuqarolariga berilgan. Keyingi o‘rinlarda Ukraina (12%), Moldaviya (7%) va Ozarbayjon fuqarolari (3 %) joylashgan.

Yefimovning aytishicha, keyingi vaqtda O‘zbekiston va Tojikistondan migrantlar oqimi oshgan.

Ekspertlarning hisoblashlaricha, Rossiyada berilgan barcha patentlarning 20-25 %i Moskvaga to‘g‘ri keladi. Poytaxtdagi mehnat migrantlarining umumiy soni 800 ming-1 mln kishi atrofida.

2015 yilda Moskvada migrantlar patent uchun 11 mlrd rubl to‘lashgan. Bu shahar budjetiga neft kompaniyalari daromad solig‘idan tushgan puldan ham ko‘proqni tashkil etadi, deb ta’kidlagan mer Sergey Sobanin. 2016-yilda patentlardan tushgan daromad 14 mlrd rublni tashkil etgan.

Yangiliklar lentasi
0