Jamiyat

Turkiya fuqarolari uchun kirish vizasi olish osonlashtirildi

Oʻzbekistonga ishbilarmonlik yoki sayyohlik maqsadida kelayotgan Turkiya fuqarolari uchun vizalar uch kun ichida rasmiylashtiriladigan boʻldi.

TOSHKENT, 22 okt — Sputnik. Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev 21 oktyabr kuni “Turkiya Respublikasi fuqarolari uchun viza olish jarayonini osonlashtirish toʻgʻrisida”gi 3347-sonli qarorni imzoladi, deb xabar qilmlqda Davlat Turizm qoʻmitasi.

Proyekt delovogo tsentra Tashkent City - Sputnik Oʻzbekiston
Jamiyat
"Tashkent City" turk arxitektorlari rejasi asosida quriladi

Bundan buyon Oʻzbekistonga bir yilgacha muddatga kelayotgan Turkiya fuqarolariga koʻp martali vizalar uch kun ichida rasmiylashtiriladi. Shu bilan birga, Oʻzbekistondan jimoniy yoki yuridik shaxsdan taklifnoma yuborish talabi bekor qilindi.

Hujjatda aytilishiga koʻra, u Oʻzbekiston va Turkiya orasida siyosiy, savdo-iqtisodiy, ilmiy-texnik va madaniy hamkorlikni rivojlantirishga qaratilgan.

Oʻzbekistonga bir oygacha muddatga, sayyohlik maqsadida kelayotgan Turkiya fuqarolari ham uch kun ichida viza olishlari mumkin boʻladi. Bundan buyon turistik vaucher va taklifnoma talab qilinmaydi.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala