TOSHKENT, 22 okt — Sputnik. Raqobatni rivojlantirish qoʻmitasi Bekobodda 24ta tashlab qoʻyilgan korxonalarni qayta tiklash bilan shugʻullanadi, deyilgan muassasa rasmiy xabarida.
Qoʻmita xabarida aytilishiga koʻra, qayta inventarizatsiya qilish natijasida oldin xususiylashtirilgan va hozirgi kunda faoliyati toʻxtatilgan 33ta korxona aniqlangan. Ularning ixtiyorida 22,5 gektardan ortiq boʻsh yer maydonlari va 40,2 ming kv.m binolar borligi aniqlangan.
Bugungi kunda Oʻzbekistonning turli viloyatlarida Shavkat Mirziyoyev buyrugʻiga binoan maxsus tashkil qilingan muassasalararo komissiya, faoliyati toʻxtatilgan korxonalarni aniqlab, ularning ishlab chiqarish quvvatini qayta tiklash bilan shugʻullanmoqda.
Xuddi shunday tartibda oldin Chirchiq tumanida 34ta faoliyati toʻxtatilgan korxonalar aniqlanib ularni qaytatdan ishga tushirish masalasi koʻrib chiqilgan edi.