TOSHKENT, 22 okt – Sputnik. Kecha Oʻzbekiston futbolida misli koʻrilmagan holat yuz berdi: futbolchi raqibini urib yiqitib, yerda yotgan oʻyinchini oyogʻi bilan tepdi!
«Navbahor» va “Qoʻqon-1912”jamoalari oʻyining 40 daqiqasida, Oybek Qilichev unidan toʻpni olmoqchi boʻlgan raqib oʻyinchisini tirsagi bilan urib yiqitdi. Vaziyatni nafaqat hakam, balkim tribunalarda oʻtirgan tomoshabinlar ham koʻrib norozilik bildira boshlashdi.
Hakam ikkilanmasdan Qilichevga “qizil kartochka” koʻrsatdi. Bundan Qilichevning undan badtar jahli chiqdi shekilli, oʻtib ketayotib haliyam yerda yotgan futbolchini oyogʻi bilan yana bir tepdi… YO-tavba, futbolmi, bu yo qoidasiz jang?
Ushbu oʻtaketgan qoʻpollik ikkala jamoaning ham 99% muxlislarining jahlini chiqardi. Video ostida qoldirilgan izohlarni yosh bolalar va ayollar oʻqimasin ishqilib…
Eslatib oʻtamiz, Oybek Qilichev boks boʻyicha Oʻzbekiston terma jamoasi murabbiyi Toʻlqin Qilichevning ukasi boʻladi. Faqatgina 2017 yil davomida ushbu futbolchi raqib oʻyinchilariga qoʻpollik qilgani uchun bir necha marotaba jazolangan edi.