Shveysariyada 17 yoshli o‘smir bolta bilan odamlarga hujum qildi

© MICHAEL BUHOLZER / AFPShveysarskaya politsiya
Shveysarskaya politsiya - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Politsiya xabariga ko‘ra, ushbu voqea terrorchilik bilan bog‘lanmagan. Mahalliy pochta o‘limida ishlaydigan jinoyatchi yolg‘iz bo‘lgan.

TOShKENT, 23 okt — Sputnik. Shveysariyaning Flums kommunasida o‘smir bolaning odamlarga bolta bilan qilgan hujumi natijasida bir necha kishi jarohatlandi, deb xabar qilmoqda Sankt-Gallen kantoni (viloyati) politsiyasi.

“Yakshanba kuni 17 yoshli latviyalik o‘smir,  bolta bilan bir necha kishiga hujum qilib ularni jarohatladi”, — deyilgan huquqni saqlash organlari xabarida.

Ko‘ngilsiz voqea shahar markaziy maydonida boshlangan. So‘ng o‘smir bola o‘g‘irlangan avtomobilda qochib ketishga uringan, lekin yo‘lda avariyaga uchragan. Shundan so‘ng u AYoQShga kirib yana bir necha kishini jarohatlagan. Yetib kelgan politsiya xodimlari jinoyatchini yaralashgan va uni hibsga olishgan.

Huquqni saqlash organlari xabariga ko‘ra, ushbu voqea terrorchilik bilan bog‘lanmagan. Mahalliy pochta o‘limida ishlaydigan jinoyatchi yolg‘iz bo‘lgan.

Yangiliklar lentasi
0