Jamiyat

Shavkat Mirziyoyev 25-27 oktyabrda Turkiyaga boradi

Oʻzbekiston va Turkiya rahbariyati ikki mamlakat orasidagi hamkorlikning bugungi kuni va ertasini muhokama qilishadi va bir necha shartnomalar imzolashadi.

TOSHKENT, 23 okt — Sputnik. Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev ushbu haftada Turkiya rahbari Rajab Toyyib Erdoʻgʻon taklifiga binoan Turkiyaga uch kunlik tashrif bilan boradi, Sputnik muxbiri xabariga asosan.

Oʻzbekiston yetakchisining tashrifi 25-27 oktyabr kunlari boʻlib oʻtadi. Tashrif davomida tomonlar ikki mamlakat orasidagi hamkorlikning bugungi holati va kelajagiga doir masalalarni muhokama qilishi hamda bir necha shartnomalar imzolashi rejalashtirilgan.

Jamiyat
Turkiya fuqarolari uchun kirish vizasi olish osonlashtirildi

Eslatib oʻtamiz, soʻnggi marotaba Oʻzbekiston va Turkiya rahbarlari 10 sentyabr kuni Ostonada boʻlib oʻtgan IHT sammitida uchrashishgan edi. Oʻshanda Turkiya bilan turizm, fan va texnologiyalar sohasida hamkorlik qiilishga kelishib olishgan edi. Shuningdek, aynan oʻsha uchrashuv vaqida Oʻzbekiston va Turkiya orasida savdo-iqtisodiy, sarmoyaviy va turizm sohalarida hamkorlikni kengaytirish haqida kelishib olishgan edi.

Prezident tashrifidan oldin Oʻzbekiston Turkiya fuqarolari uchun kirish vizalari olish tartibini osonlashtirdi. Bundan buyon Turkiyadan Oʻzbekistonga kelayotgan shaxslarga oʻzbekistonlik jismoiy yoki yuridik shaxsning rasmiy taklifnomasi kerak boʻlmaydi va viza hujjatlar topshirilganidan keyin uch kun ichida beriladi.

Ekspertlar fikriga koʻra, bugungi kunda Oʻzbekiston va Turkiya orasidagi tavr ayrboshlash 1,2 mlrd dollarni tashkil qiladi. Ikki mamlakat imkoniyatlarini hisobga olgan taqdirda bu juda kam.

Bugungi kunga qadar Turkiya kompaniyalari Oʻzbekistonda umumiy qiymati 2 milliard dollardan koʻp boʻlgan 110ta loyiha amalga oshirmoqda. Turkiya sarmoyalari miqdori esa 1,2 milliard dollarni tashkil qilmoqda.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala