Oksana Chusovitina Tom Kruz, Germaniyadagi hayoti va sakkizinchi olimpiada haqida

© Sputnik / Aleksey FilippovOksana Chusovitina (Uzbekistan) vo vremya kvalifikatsionnix sorevnovaniy po sportivnoy gimnastike na XXXI letnix Olimpiyskix igrax
Oksana Chusovitina (Uzbekistan) vo vremya kvalifikatsionnix sorevnovaniy po sportivnoy gimnastike na XXXI letnix Olimpiyskix igrax - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Yetti marotaba gimnastika bo‘yicha olimpiya o‘yinlarida ishtirok etgan sportchi Oksana Chusovitina Sputnik O‘zbekiston nashriga bergan intervyusida qanday qilib "forma"ni saqlab qolganligi, shaxsiy hayoti hamda Germaniyada uzoq vaqt yashab nega nemis frausiga aylanmaganligi haqida so‘zlab berdi

TOShKENT, 23 sen — Sputnik, Dilshoda Rahmatova. Oksana Chusovitinani juda ko‘pchilik eng noyob qobiliyatga ega  gimnastikachi sifatida biladi. Lekin Chusovitina o‘zining qandaydir noyob iste’dodga ega ekanligini rad etadi.

Olimpiada-2016. Gimnastka Oksana Chusovitina vistupit na 7-y Olimpiade v karyere - Sputnik O‘zbekiston
Oksana Chusovitina jarohati bo‘lsa-da jahon chempionati final bosqichiga chiqdi

"Men boshqa sportchilar kabi oddiy insonman. Faqat o‘z kasbimni sevaman va undan uzoqlashishni o‘ylamayman. Va… menimcha turmush o‘rtoq bobida omadim chopgan", — deydi sportchi.

Chusovitina 41 yoshida eng yoshi ulug‘ gimnastkachi sifatida rekordga erishgan, shuningdek ushbu sport turi bo‘yicha yetti marotaba olimpia o‘yinlarida ishtirok etgan yagona sportchi hisoblanadi.

Chusovitina yorqin g‘alabalar ro‘yxatiga ega: 1992-yilda Pekin shahrida o‘tkazilgan chempionatda kumush medal sohibi, uch karra jahon chempioni va ko‘p marotaba jahon chempionatlarida turli sovrinlarni qo‘lga kiritgan. Bundan tashqari, Osiyo o‘yinlari ikki karra chempioni va 2008-yil Yevropa chempionatida oltin medal sohibasi.

Braziliyada bo‘lib o‘tgan olimpiadada yettinchi marotaba qatnashib, 7-chi o‘rinni egalladi.

Oksana Chusovitina na turnire v Meksike - Sputnik O‘zbekiston
Oksana Chusovitina olimpiadada sakkizinchi bor qatnashishga tayyorlanmoqda

Uning chiqishlariga yuqoridan qaraydiganlar ham yo‘q emas. Bundaylar nega omadi chopgan ayol hech sportdan ketmayotganini tushunmaydilar. Va aynan shundaylar Oksanani orqavarotdan "buvi" deya chaqiradilar. Chusovitina bunga javoban tabbassum qiladi va (minginchi marotaba bo‘lsa kerak): "Men sportni sevaman, men u bilan yashayman, gimnastika menga faqat rohat bag‘ishlaydi", deya qayta-qayta ta’kidlaydi.

Prezidentga minnatdorlik va yoshlik siri haqida

- Oksana, O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev sizni "El-yurt hurmati" ordeni bilan taqdirlagani bilan chin yurakdan muborakbod etamiz.

— Ochig‘i, bu men uchun kutilmagan voqea bo‘ldi. Qo‘ng‘iroq qilishganida, jahon chempionatiga tayyorgarlik ko‘rish bo‘yicha yig‘in mashg‘ulotlarida edim. Albatta, meni ajratib, bunday yuqori mukofotni berishganligidan juda mamnunman. Hammaga katta rahmat.

Umuman olganda, federatsiyamizga ko‘mak berib kelayotgan barcha insonlarga, sportga katta e’tibor berayotgan prezidentimizga minnatdorlik bildirmoqchiman. Uylaymanki, bu yaqin vaqtlarda o‘z hosilini beradi, bir yildan keyin O‘zbekiston haqida butun dunyoda hozirgidan ham ko‘ra ko‘proq bilib olishadi.

- Ko‘pchlik siz haqingizda "u noyob qobiliyat egasi" deya ta’kidlaydi. Aytinchi, "noyobligingiz" siri nimada?

— Men o‘zimni noyob iqtidor egasi deb bilmayman. Men boshqa sportchilar singariman. Faqat sportda uzoqroq ushlanib qoldim, xolos. Uylaymanki, hech kim gimnastikada bu qadar uzoq qolishga harakat qilmagan. Bilmadim, menga bu yoqadi va men buni sevaman. Hozircha shunday imkoniyatga ega ekanman, nima uchun men bundan foydalanmasligim kerak?

© AP Photo / Rebecca BlackwellOksana Chusovitina
Oksana Chusovitina - Sputnik O‘zbekiston
Oksana Chusovitina

- Albatta. Lekin siz bilan bir qatorda turgan gimnastikachilarning yoshi 16 da. Bu sizga hech qanday ta’sir ko‘rsatmaydimi?

— Minbarga chiqqanimizda men yoshlardan kam bo‘lmaslikka harakat qilaman. Ayrim hollarda ulardan ko‘ra yaxshiroq ko‘rsatkichlarga erishaman. Shuning uchun boshqalardan ko‘pam farq qilmayman. Men yoshlar bilan bellashganimda o‘zimni yanada yoshargandek his qilaman. Aytgancha, uyim devorida Tom Kruz portreti osig‘liq turadi. Men har doim o‘sha portretga qarab, u uchun yosh ko‘rinishni saqlab qolishim kerak, deyman o‘z-o‘zimga. Bordiyu qachonlardir u bilan uchrashsam, qarib qolgan bo‘lishim kerak emas.

- Endi tushungandayman, yosh ko‘rinishingiz sirini.
— (Kuladi) To‘g‘risini aytganda, boshqalardan farq qilmayman. Men ham boshqa ayollar singari ortiqcha vazn to‘plashim mumkin. Axir boshqalar kabi oddiy insonman. Ha, mening oilam bor. Ha, bir oz yoshim kattadir, lekin musobaqalarda, yana bir bor qaytaraman, biz hammamiz baravarmiz. Hech kim u 16 yoshda, bu 42 yoshda deb yengillik bermaydi.

- Hozirda murabbiylik faoliyatingiz qanday davom etmoqda? Adashmasam, siz bosh murabbiy edingiz?
— Yo‘q, aniqroq aytadigan bo‘lsam, ha, O‘zbekistonga qaytganimdan so‘ng to‘rt yil davomida murabbiylik qilganman. Menga sportchi sifatida musobaqalarda ishtirok etish taklifi kiritilgach, murabbiylik faoliyatimni to‘xtaganman. Hozir faqat sportchiman. Bir vaqtning o‘zida ikkita ishni olib borish ancha murakkab.

Sakkizinchi olimpiadaga harakat

- Siz anchagina vaqt Germaniyada yashadingiz. Vatan sog‘inchi bo‘lganmi?

- To‘g‘risi, o‘g‘lim Alisher kasal bo‘lib qolmaganida va uni Germaniyada davolash talab qilinmaganida, men umuman hech qayerga ketmas edim. Kuniga to‘rt soat tilni o‘rganganman, imtihon topshirganman, pasport olganman, qoidalar bo‘yicha hayot kechirishga ko‘nikdim ham, lekin baribir germaniyalik bo‘la olmadim. Germaniyani sevish uchun u yerda tug‘ilish kerak. Menga o‘g‘lim soppa-sog‘ ekanligi haqida xabar qilishgach, xayolimdan birinchi bo‘lib "hayriyat, endi O‘zbekistonga qaytishim mumkin" degan o‘y o‘tgan.

- Yaqinda sakkizinchi olimpiadada ishtirok etishingiz haqida aytgan edingiz.

— Ha, men yana tayyorgarlik ko‘rishga qaror qildim, buyog‘ini ko‘raveramiz… Bashorat qilyapti, degan fikr hosil bo‘lmasligi uchun, aytishim kerakki, avvalo saralash bosqichidan o‘tish kerak. Chunki, bu Chusovitinaku, deb menga hech kim yon bosmaydi. Qattiq mehnat qilish, shug‘ullanish kerak bo‘ladi. Ayrim hollarda chidashga ham to‘g‘ri keladi. Keyingi yilda Osiyo o‘yinlari va jahon chempionati kubogi bosqichlari boshlanadi. O‘sha yerda olimpiya uyilariga litsenziya beriladi.

Gimnastikachi Oksana Chusovitina - Sputnik O‘zbekiston
Oksana Chusovitina Islom birdamlik o‘yinlarida oltin medalni qo‘lga kiritdi

- Bu yangi qoidalarmi?

— Ha biz endi ochko to‘playmiz. Hozir yangi tizim joriy etilyapti. Shuning uchun keyingi yilda hammamiz ushbu musobaqaga tanlovdan o‘tamiz.

- Prezidentning har bir taniqli sportchi o‘z xususiy maktabiga ega bo‘lsin, degan tashabbusiga qanday qaraysiz? Bu haqda o‘ylab ko‘rdingizmi?

— O‘ylaymanki, bu ajoyib fikr. Ha, Toshkentda yoki ona shahrim Buxoroda xususiy maktab ochishni juda xohlayman. Ammo bu borada sportchi sifatida faoliyatimni yakunlaganimdan so‘ng o‘ylashni boshlayman. Men o‘z orzularimni bosqichma-bosqich amalga oshiraman. Bu osonroq. Shuning uchun maktab haqida gapirish hali erta.

"Turmush o‘rtoq bobida omadim chopgan"

- Oksana, siz turmush o‘rtog‘ingiz bilan salkam 20-yildan buyon baxtli hayot kechirib kelasiz. Oilaviy totuvlik siri nimada?

— Ha, shu yil turmush qurganimizga 20-yil to‘ladi. (Oksananing turmush o‘rtog‘i — taniqli sportchi, kurashchi Baxodir Qurbonov). Bilasizmi, men o‘zimni baxtli ayol deb hisoblayman. Bilmadim, balki omadlidirman. Axir ajoyib o‘g‘lim va sevikli turmush o‘rtog‘im bor. Ularga ishonaman va ularni qattiq sevaman. Oilaviy munosabatlarda eng muhimi ishonch. Men juda ko‘p safarda bo‘laman. Shu bois, turmush o‘rtog‘imni kam ko‘raman. Lekin biz har kuni telefon orqali gaplashamiz. Oilaviy baxt siri oddiy — bir-biringizga ishoning va bir-biringizni seving.

© Foto iz lichnogo arxiva gimnastkiOksana Chusovitina s mujem Baxodirom i sinom Alisherom
Oksana Chusovitina s mujem Baxodirom i sinom Alisherom - Sputnik O‘zbekiston
Oksana Chusovitina s mujem Baxodirom i sinom Alisherom

- O‘g‘lingiz haqida gapiring. Intervyularning birida siz u bankir bo‘lishni orzu qilishini aytgansiz.

— (kuladi)… bankirdan oldin u "dalnoboyshik" bo‘lmoqchi edi. Endi esa basketbolchi bo‘lmoqchi.

- Ajoyib. Qayerga o‘qishga kirmoqchi?

— Hozir Germaniyada oliy maktabda oliy kursni topshirmoqda. Keyin qayerga borishni o‘ylaydi. O‘g‘lim hozir shunday yoshdaki, har kuni rejalari o‘zgaradi.

- Oilaviy hayot va musobaqalar… Og‘ir emasmi uyg‘unlikda olib borish?

— Shunchaki, turmush o‘rtoq bobida omadim chopgan. Men u bilan o‘zimni himoyada deb bilaman. Agar menga qandaydir yordam kerak bo‘lsa, birinchilardan bo‘lib menga yordam qo‘lini cho‘zgan u kishi bo‘ladi.

Oksana Chusovitina - Sputnik O‘zbekiston
Oksana Chusovitina Ginnesning rekordlar Kitobiga kiritildi

- Ikki davlatda yashash qiyinmi?

— Men ikki davlatda yashamayman — men O‘zbekistonda yashayman. Noyabr oyida o‘g‘lim 18 yoshga to‘ladi va u mustaqil shaxs. Vaqt bo‘lganda uni ko‘rgani boraman. Unda ta’tillar boshlanganda, u har doim Toshkentga keladi.

- Sizda boy bergan imkoniyatlar va bir nimadandir afsus chekish holatlari bo‘lganmi?

— Umuman olganda, hayotdagi shiorim bu — keyinchalik afsus chekmaslik uchun qo‘limdan kelgancha harakat qilaman. Nimalardir ro‘yobga chiqadi, nimalardir yo‘q. Shu bois afsuslanmayman.

- Sizning fikringizcha, omadli bo‘lishning siri nimada?

— Meni fikrimcha, omad garovi — bu mehnatsevarlik va maqsadga bog‘liq. Dadam xudo rahmatli, menga har doim: "Agarda sen bir ishni boshlagan bo‘lsang, oxirigacha yetkazishing kerak. Boshlagan ishingni chala qoldirma", — deb aytar edilar. O‘ylamanki, agarda inson o‘z oldiga maqsad qo‘ysa, unga intilishi kerak: qiyinchiliklar va to‘siqlardan o‘tish kerak bo‘lsa ham to‘xtab qolmasligi kerak. Oldingizga qo‘ygan maqsadingiz tomon harakatlanishga intilishingiz kerak.

- Hayotingizda eng qiyin vaqtlarda do‘stlaringiz tashlab ketgan holatlar bo‘lgan… Do‘stlikka hali ham ishonch bormi?

— Albatta, harakat qilaman, ishonaman va do‘st bo‘laman, lekin bunday insonlar kam.

Masalan, barcha sirimni ishonishim mumkin bo‘lgan birgina dugonam bor — u Amerikada yashaydi. Lekin, odam o‘zi bilan o‘zi do‘st bo‘lgani ma’qulroq…

Yangiliklar lentasi
0