Dunyoda

Rossiya fuqaroligini olishni istaganlar qasamyod qiladi

© Sputnik / Grigoriy Sыsoyev / Fotobankka oʻtishBiometricheskiye zagranichnыe pasporta grajdan RF
Biometricheskiye zagranichnыe pasporta grajdan RF - Sputnik Oʻzbekiston
Rossiya prezidenti Vladimir Putin Rossiyaning yangi fuqarolari uchun qasamyod matnini tasdiqladi. Bundan buyon Rossiyaning yangi fuqarolari qasamyod keltiradi.

TOSHKENT, 24 okt — Sputnik. Rossiya prezidenti Vladimir Putin Rossiya fuqaroligiga qabul qilish boʻyicha yangi qaror imzoladi. Unga koʻra Rossiyaning yangi fuqarolari pasport olishdan oldin qasamyod qilishlari kerak boʻladi.

Prezident qarorida, "Rossiya fuqaroligi olishni istaganlar qasamyod qilgan kunidan boshlab  fuqarolikka qabul qilinadi. 18 yoshga toʻlmagan shaxslar bundan mustasno, ular ota-onalari bilan birga, qasamyoddan keyin fuqarolikka qabul qilinadi”, — deyilgan.

“Men, (FISH), oʻz ixtiyorim bilan  ongli ravishda Rossiya fuqaroligini qabul qilar ekanman, Rossiya Federatsiyasi Konstitutsiyasi va qonunlariga amal qilishga, fuqarolar huquq va erkinliklarini saqlashga, jamiyat va davlat manfaatlari yoʻlida Rossiya fuqarosi majburiyatlarini bajarishga, Rossiyaga sodiq boʻlishga, uning madaniyati, tarixi va urf-odatlarini hurmat qilishga qasamyod qilaman”, — deyilgan prezident qarorida.   

Eslatib oʻtamiz, iyul oyida Rossiya prezidenti Vladimir Putin Rossiya fuqaroligini olish va fuqarolikdan chiqarish haqida qaror imzoladi. Unga koʻra, terrorchilik, ekstremizm uchun sudlangan fuqarolar Rossiya fuqaroligidan chiqariladi. Ukrainaliklarga esa Rossiyada yashash ruxsatnomasi  va fuqaroligi soddalashtirilgan tartibda beriladi.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala