Dunyoda

ID omborida NATOning eng zamonaviy qurol-yarogʻlari topildi

© Sputnik / Mixail Voskresenskiy / Fotobankka oʻtishFlag Sirii
Flag Sirii - Sputnik Oʻzbekiston
Ombordan NATO mamlakatlari foydalanadigan, AQSH, Belgiya va Buyuk Britaniyada ishlab chiqarilgan zamonaviy qurollar topilgan

TOSHKENT, 24 okt — Sputnik. Suriya sharqidagi Meyadin shahrida suriyalik harbiylar ishgʻol qilgan "Islom davlati" terrorchilariga tegishli yirik omborda NATOning eng zamonaviy qurol-yarogʻlari topildi, deb maʼlum qildi Suriya armiyasi generali Hasan Suxayl jurnalistlarga.

Suriya harbiylari Rossiya HKK quvvatlovi ostida ID terrorchilariga qurol-yarogʻ va bronetexnika saqlanadigan yirik omborni qoʻlga kiritishdi. Ombor Suriya sharqidagi Meyadin shahrida joylashgan, deb yozadi RIA Novosti.

Iroq politsiyachilari - Sputnik Oʻzbekiston
Hodisalar
"ID" jangarilarining 400ga yaqin xotinlari Iroqdagi lagerga tushdi, orasida oʻzbeklar bor

"ID jangarilari qochayotib tashlab ketgan bu qurollarni tashish uchun bizga kamida olti kun kerak boʻladi. Bu yerda juda koʻplab qurollar va turli aloqa vositalari bor", — dedi Suxayl.

Meyadin ombor va ustaxonalardan tashkil topgan logistika markazi boʻlgan. Shahar ozod qilinganidan soʻng suriyalik harbiylar oʻqotar va tankka qarshi qurollar, artilleriya moslamalari va snaryadlar, qoʻlbola minalar, shuningdek, terrorchilar ilgari egallab olgan Iroq armiyasiga tegishli tank va zirhli mashinalarni qoʻlga kiritishdi.

Suriya harbiylari jurnalistlarga Meyadinda qoʻlga kiritilgan sunʼiy yoʻldosh aloqa tizimlari, radiolokatsiya qurilmalari, tibbiy uskunalar, uchuvchisiz qurilmalar ishlab chiqariladigan tsexni ham koʻrsatishdi. Terrorchilarga tegishli boʻlgan aslahalarning aksariyati NATOga aʼzo davlatlarda foydalaniladigan qurollardan iborat. Xususan Meyadindagi omborda 2011 yilda Britaniyada ishlab chiqarilgan 155 millimetr kalibrli gaubitsa ham topildi.

"Biz NATO mamlakatlari foydalanadigan, AQSH, Belgiya va Buyuk Britaniyada ishlab chiqarilgan zamonaviy qurollarni qoʻlga kiritdik",— dedi Suxayl.

Meyadin Dayr-az-Zor maʼmuriy markazidan 40 kilometr janubi-sharqda joylashgan. Yaqin vaqtgacha Meyadin Suriya sharqidagi terrorchilarning mustahkam joylashgan shahri boʻlib, ID "poytaxti" maqomini olgandi.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala