Sport

Zoʻravon futbolchi Oybek Qilichev bir yilga futboldan chetlatildi

© UFFKilichev futbolist
Kilichev futbolist - Sputnik Oʻzbekiston
OʻFF qarori bilan “Navbahor” futbolchisi Qilichev 10 million soʻm jarimaga tortildi va bir yilga futbolchilik faoliyatidan chetlatildi.

TOSHKENT, 24 oktyabr – Sputnik.  Oʻzbekiston Futbol federatsiyasining Intizom qoʻmitasi “Navbahor” futbolchisi Oybek Qilichevning hatti-harakatlarini har tomonlama oʻrganib chiqib unga nisbatan jazo chorasi qoʻlladi, deyilgan OʻFF rasmiy xabarida.

“Oʻzbekiston Futbol Federatsiyasi Ijroiya Qoʻmitasi Byurosi oʻz qaroriga muvofiq Oybek Qilichevga 10 million soʻm jarima tayinlab, uni 1 yil muddatga futbolchilik faoliyatidan chetlatdi”, — deyilgan OʻFF qarorida.

Ushbu jazo chorasini belgilashda OʻFF Oybek Qilichevning oldingi “xizmatlarini” ham hisobgan olgan.

Krasnaya kartochka - Sputnik Oʻzbekiston
Sport
Futbolchimi, yo qoidasiz jangchi?

“Yigʻilishlarda Oybek Qilichev OʻFF Intizom qoʻmitasi tomonidan 2017 yil 12 aprelidagi 2-sonli va 24 mayidagi 5-sonli qarorlariga koʻra, unga nisbatan qoʻllanilgan intizomiy choralar va tayinlangan jarimalardan toʻgʻri xulosa chiqarilmagani taʼkidlandi”, — deyilgan OʻFF xabarida.

Eslatib oʻtamiz, 21 oktyabr kuni futbol boʻyicha Oʻzbekiston chempionatining 25-turi doirasida “Qoʻqon-1912” va  “Navbahor”  oʻyinida Oybek Qilichevning raqib futbolchisini tirsagi bilan urib yiqitgan va yerda yotgan futbolchini oyogʻi bilan tepgan edi.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala