O‘zbekiston va Rossiya agrar oliy o‘quv yurtlari hamkorlik shartnomasi imzoladi

© Sputnik / Ramil SitdikovRukopojatie
Rukopojatie - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Yaqinda Shavkat Mirziyoyev hukumatga qishloq xo‘jalik sohasini rivojlantirish uchun dastur ishlab chiqish vazifasini topshirgandi

TOShKENT, 24 okt — Sputnik. Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti hamda Timirazev nomidagi Rossiya davlat agrar universiteti o‘rtasida akademik hamkorlik haqida shartnoma imzolandi. Bu haqda O‘zbekiston oliy o‘quv yurti matbuot xizmati xabar berdi.

Uchebniy korpus universiteta v Innopolise - Sputnik O‘zbekiston
Mirzo Ulugbek Innovation Center va Innopolis universiteti o‘zaro hamkorlik qiladi

Kuni kecha ikki oliygoh vakillari o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Tomonlar O‘zbekiston prezidentining "O‘zbekiston Respublikasi va Rossiya Federatsiyasi o‘rtasida ikki tomonlama strategik hamkorlik va sherikchilik munosabatlarini yanada kengaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi qarorini muhokama qildilar.

Yaqinda Shavkat Mirziyoyev hukumatga qishloq xo‘jalik sohasini rivojlantirish uchun dastur ishlab chiqish vazifasini topshirgandi. Mazkur dasturlarni ishlab chiqishdan asosiy maqsad qishloq xo‘jaligi samaradorligi va rentabelligini oshirishdir.

Yangiliklar lentasi
0