Iqtisod

Oʻzbekiston ilk bor AQShga qovun eksport qildi

© Sputnik / Igor Zarembo / Fotobankka oʻtishProdaja dыn na prodovolstvennom rыnke
Prodaja dыn na prodovolstvennom rыnke - Sputnik Oʻzbekiston
Shuningdek, AQShga umumiy qiymati 5,1 million dollarlik tekstil, quritilgan meva va boshqa mahsulotlar yetkazib beriladi

TOSHKENT, 24 okt — Sputnik. "Oʻztreyd" kompaniyasi Oʻzbekiston tarixida ilk bor Amerika bozoriga sarxil qovunlar yetkazib berdi, deb xabar berdi Sputnik muxbiri Tashqi savdo vazirligi matbuot xizmatiga tayanib.

Fruktы na rыnke - Sputnik Oʻzbekiston
Iqtisod
Rossiyaga UzAgro brendi ostida dastlabki meva-sabzavot mahsulotlari joʻnatildi

Vazirlikning maʼlumot berishicha, bir tonna hajmidagi dastlabki partiya Nyu-Yorkdagi Uz-American Trade Corp savdo uyiga joʻnatilgan.

Bundan tashqari, "Oʻztreyd" AQShga umumiy qiymati 5,1 million dollarlik tekstil, quritilgan meva va boshqa mahsulotlar yetkazib berish boʻyicha eksport shartnomalari imzoladi.

Qayd etish joiz, Tashqi savdo vazirligi huzuridagi "Oʻztreyd" kompaniyasi Nyu-Yorkda yaqindagina savdo uyini ochgandi. Bunda Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Amerika Qoʻshma Shtatlariga amalga oshirgan safarining oʻrni beqiyos.

Savdo uyi bazasida oʻzbek ishlab chiqaruvchilari mahsulotlari shou-rumi faoliyat koʻrsatadi. Savdo uyi eksport hajmini oshirish va Oʻzbekiston mahsulotlarining AQSH bozoridagi oʻrnini mustahkamlashga xizmat qiladi.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala