Dunyoda

Moldova hukumat inqirozi arafasida

© Flickr / MaxenceFlag Moldavii
Flag Moldavii - Sputnik Oʻzbekiston
Respublikaga prezident tomonidan tasdiqlanmagan Mudofaa vaziri tayinlandi. Parlament prezidentga impichment eʼlon qilishi mumkin.

TOSHKENT, 24 okt – Sputnik. Dastlab shuni aytib oʻtish kerak-ki, Moldovada prezident huquqlari ancha cheklangan, parlamenti huquqlari esa – nisbatan koʻproq, Sputnik Moldova xabarlariga asosan.

Aynan shu sababli 2017 yilning 3 aprelida Moldovaga Igor Dodon prezident boʻlganidan beri Parlament va prezident orasida doimiy kelishmovchiliklar boʻlib kelmoqda. Prezident taklif qilgan qonun loyihalari parlament tomonidan blokirovka qilib qoʻyilmoqda va aksincha.

Moldova prezidenti Igor Dodon Dmitriyu Kiselevu bilan suhbatda - Sputnik Oʻzbekiston
Siyosat
Moldova prezidenti: Bizga MDH bilan hamkorlik qilish samarali

Ana shunday qarama-qarshilikning eng soʻnggisi davlat hukumati inqiroziga olib kelishi mumkin. Parlament  Yeudjen Sturzani ushbu lavozimga ikki karra taklif qilishiga  qaramasdan prezident unga rad javobi berdi.

Shundan soʻng Molodva parlament Konstitutsion sud orqali mudofaa vazirini tayinlash huquqiga ega boʻldi va bugun Yeudjen Sturzani ushbu lavozimga tayinladi.

Moldova prezidenti Igor Dodon yangi Mudofaa vazirini tan olmasligini va ushbu holat qonun doirasida tashqarida ekanligini eʼlon qildi. Shu birga yana bir bor Mamlakatda muddatidan oldin parlament saylovi oʻtkazish kerakligini takrorladi.

“Mana endi hamma fuqarolar prezident boshqaruvidagi davlat tizimiga oʻtish kerakligiga amin boʻlishlari mumkin. Prezident Konstiutsiyada belgilangan vakolatlarini amalga oshira olishi kerak. Bu siyosiy mantiqqa koʻproq toʻgʻri keladi”, — dedi Dodon.

Shu bilan birga, Dodon parlament unga impichment eʼlon qilishidan qoʻrqmasligini, chunki u xalq tomonidan saylanganini va faqatina xalq uni ushbu lavozimdan mahrum qilishi mumkinligini taʼkidladi.

Igor Dodon - Sputnik Oʻzbekiston
Jamiyat
Oʻzbekiston rahbari Moldovaning yangi saylangan prezidentini tabrikladi

Shuningdek Dodon, 2018 yildagi parlament saylovlarida u boshchilik qilayotgan partiya parlamentda koʻpchillikka ega boʻlishini taʼkidladi.

Eslatib oʻtamiz, Moldova Respublikasi Rumыniya va NATOning kuchli taʼsiri ostida qolgan. Rumыniya Moldovani oʻz hududiga qoʻshib olishni istagida, shu maqsadda Rumыniya Moldova fuqarolari uchun rumin pasportlari bera boshlagan. NATO esa Rossiya chegarasiga yaqinroq boʻlish maqsadida, Moldova hududida oʻz qoʻshnlarini joylashtirishni niyat qilgan. Shuning uchun Moldova Mudofaa vaziriga qanday qarashli kishi kelishi muhim.  

Undan tashqari Moldovaning yana bir muammosi bor. Uning Ukraina bilan chegarasida tan olinmagan Pridnestrovye Respublikasi joylashgan. U yerda ukrain,  moldovan va rus millatlari vakillari yashaydi. Sobiq SSSR tarqalib ketgandan soʻng Prindnestrovye viloyatini Moldova ham Ukraina ham egallab olmoqchi boʻlgan va unga nisbatan tajovuzkorona harakatlar boshlangan edi. 1992 yilda general Lebed boshchiligidagi Rossiya tinchlikparvar qoʻshnlari ushbu hududga kiritilishi bu yerda tinchlikni saqlab qolish imkonini bergan edi.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala