Jamiyat

Oʻzbekistonda buyrak va jigar koʻchirib oʻtkazish operatsiyalariga ruxsat berildi

© Sputnik / Sergey Pyatakov / Fotobankka oʻtishV operatsionnom bloke
V operatsionnom bloke - Sputnik Oʻzbekiston
Bemorga faqatgina yaqin qarindoshlari donorlik qilishi mumkin

TOSHKENT, 24 okt — Sputnik. Oʻzbekiston hukumati yaqin qarindoshlar orasida buyrak va jigar boʻlagini transplantatsiya qilish tartibi haqidagi vaqtincha nizomni tasdiqladi.

Lex.uz portalida keltirilgan hujjatga muvofiq, buyrak va jigar boʻlagini transplantatsiya qilish boʻyicha operatsiyalar faqat davlat tibbiyot muassasalarida amalga oshiriladi va organga muhtoj bemorga faqatgina yaqin qarindoshlari donorlik qilishi mumkin.

Operatsiyani amalga oshiruvchi tibbiyot muassasalari roʻyxatiga Akademik V. Vohidov nomidagi Respublika ixtisoslashtirilgan ilmiy-amaliy jarrohlik tibbiyot markazi, Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi va Toshkent shahar nefrologiya shifoxonasi kiritildi.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala