Jamiyat

Jasur Ibrohimov ishi: prokuror Islom Toʻlaganov uchun 6 yil soʻradi

© NUZ.UZJasurbek Ibragimov
Jasurbek Ibragimov - Sputnik Oʻzbekiston
Davlat ayblovchisi Toʻlaganov Islomni aybdor deb topdi va uni olti yilga ozodlikdan mahrum qilishni soʻradi.

TOSHKENT, 24 okt – Sputnik. Bugun Toshkent shahri Mirobod tuman sudida ayovsiz kaltaklanishi oqibatida kasalxonada vafot etgan Borovskiy tibbiyot kolleji talabasi Jasur Ibrohimov ishi yuzasidan navbatdagi sud majlisi boʻlib oʻtdi. Unda ushbu jinoiy ish yuzasidan davlat ayblovchisi Baxtiyor Akromov xulosasi tinglandi, deb xabar qilmoqda Sputnik muxbiri sud majlisidan.

Zasedaniye po delu ob izbiyenii Jasurbeka Ibragimova - Sputnik Oʻzbekiston
Jasur Ibrohimov ishi: Zemfira, kutilmagan guvoh va hammasini koʻrgan usta

Prokuror nutqini eʼtiboringizga havola qilamiz.

"Hurmatli sud hayʼati va protsess ishtirokchilari!

Davlatimizning bosh vazifalaridan biri — inson haqida gʻamxoʻrlik qilishdir.

Binobarin, Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida inson omili, uning shaxsiy huquqi va erkinliklari qatʼiy mustahkamlanib qoʻyilgan. Chunonchi, Konstitutsiyamizning 18-moddasida Oʻzbekiston Respublikasida barcha fuqarolar bir xil huquq va erkinliklarga ega boʻlib, jinsi, irqi, millati, tili, dini, ijtimoiy kelib chiqishi, eʼtiqodi, shaxsi va ijtimoiy mavqeidan qatʼiy nazar qonun oldida tengligi qayd etilgan boʻlsa, uning 19-moddasida fuqarolarning Konstitutsiya va qonunlarda mustahkamlab qoʻyilgan huquq va erkinliklari daxlsizdir. Ulardan sud qarorisiz mahrum etishga yoki cheklab qoʻyishga hech kim haqli emasligi belgilangan.

Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasining 3.5 moddasida fuqarolik va Siyosiy huquqlar toʻgʻrisidagi xalqaro paktning 6,7, 10, 11-moddalarida insonning yashash huquqi, qadr-qimmati, ozodligi va xavfsizligi, shaʼni va obroʻyining himoya qilish kabi huquqlari mustahkamlangan.

Abdujalil Rasulov - otets Isloma Tulaganova, obvinyayemogo v dele ob ubiystve Jasura Ibragimova - Sputnik Oʻzbekiston
Hodisalar
Jasur Ibrohimov ishi boʻyicha Islombek Toʻlaganovning otasi koʻrsatma berdi

Bu xalqaro huquqiy meʼyorlar Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining ham asosiy negizini tashkil qiladi. 

…Darhaqiqat, insonning hayoti va sogʻligi shaxsning bebaho boyligi hisoblanadi. Va uning bu boyliklardan mahrum etilishi yoki ularga shikast yetkazilishi shaxs uchun katta fojea hisoblanadi. 

Inson yashar ekan, hayotdan, uning neʼmatlaridan bahramand boʻlib yashashga intiladi. Hayotdan mahrum qilingan shaxsning oʻrnini hech narsa bilan toʻldirib boʻlmaydi.

Insonning sogʻligiga zarar yetkazilishi — unga jismoniy, axloqiy, ruhiy azoblar berib uning hayotiy faoliyatini cheklab qoʻyadi.

Mamlakatimizda siyosiy, iqtisodiy, ijtimoiy va madaniy siyosat yuzasidan amalga oshirilayotgan barcha tadbirlar inson manfaatlari uchun moʻljallangan. Insonni qadrlash esa — eng oliy maqsadlardan biridir.

Lochinov Farhod Nazarovich, sud eksperti - Sputnik Oʻzbekiston
Jasur Ibrohimov ishi boʻyicha davlat sud eksperti koʻrsatma berdi
Oʻzbekiston Respublikasida kishilarning hayoti va sogʻligini har qanday tajovuzlardan qoʻriqlash masalasiga katta ahamiyat beriladi va berilib kelinmoqda. Yashash huquqi har bir insonning uzviy huquqi boʻlib, unga tajovuz qilish eng ogʻir jinoyat hisoblanadi.

Shu munosabat bilan Oʻzbekiston Konstitutsiyasida inson va fuqarolarning yashash huquqlariga oid xalqaro andozalar oʻzining toʻla aksini topgan.

Shu bois, qonun bilan qoʻriqlanadigan ijtimoiy qadriyatlar qatorida inson uning shaxsi bilan bogʻliq barcha qadriyatlar ijtimoiy maʼnoda tengi yoʻq.

…Inson hayoti — oliy darajada muqaddas hisoblanadi hamda u muhofaza qilinadi.

Shu bois ham qasddan badanga ogʻir shikoyat yetkazish, uning oqibatida jabrlanuvchining oʻlimiga sabab boʻlishi ogʻir jinoyat boʻlib, unga qarshi kurash olib borish huquqni muhofaza qiluvchi organlarning asosiy vazifalaridan biri boʻlib hisoblanadi.

Aksincha, inson hayoti va fuqarolarning yashash huquqlarini taʼminlanishiga qaratilgan izchil saʼi-harakatlarga qaramasdan ayrim kimsalar insonlarning yashashga boʻlgan huquqiga qarshi qaratilgan jinoyatlarni sodir etmoqdalar.

Ana shunday shaxslardan biri shu sud zalida temir panjara ortida oʻtirgan sudlanuvchi Toʻlaganovdir.

Hurmatli raislik etuvchi, sud hayʼati azolari va majlis qatnashchilari. Bugun biz sudlanuvchi Toʻlaganov Islombek Abdujalilovichga nisbatan boʻlgan jinoyat ishini koʻrib chiqib, uni yakunlash arafasida turibmiz. 

Jasurbek Ibragimov - Sputnik Oʻzbekiston
Jamiyat
Vrach koʻrsatmasi: Jasur Ibrohimov kasalxonaga ogʻir ahvolda olib kelingan edi
Jinoyat ishi hujjatlariga koʻra, 3 may 2017 yil soat 14:00larda Mirobod tumani, Shahrisabz koʻchasi 8-uyda joylashgan, Borovskiy nomidagi tibbiyot kolleji hududida Toʻlaganov, mazkur kollej oʻquvchisi, 1999 yilda tugʻilgan Ibrohimov Jasurbek Mahammadjon oʻgʻli bilan oʻrtalarida kelib chiqqan kelishmovchilik oqibatida koʻchada janjallashib, soʻngra shu kuni taxminan soat 14.20larda Yashnobod tumani, Istiqbol koʻchasi 37 uyda joylashgan 145-maktabning orqa tomonida yalanglik oldiga birgalikda kelishib, shu yerda Toʻlaganov Ibrohimovning bosh, qorin va hayoti uchun muhim boʻlgan boshqa sohalariga qoʻl va oyoqlari bilan urib, Ibrohimov hayoti uchun xavfli boʻlgan koʻplab tan jarohatlari yetqazgan.

Natijada, Ibrohimov, qorin boʻshligʻi aʼzolarining jarohati, oʻn ikki barmoqli ichak devorining travmatik yorilishi, qorin parda orqa toʻqimalari gematomasi, koʻndalang chambarichak gematomasi, oshqozon osti bezi lat yeyishi, oʻng buyrak lat yeyishi, boshmiya yopiq jarohati, bosh miya chayqalishi, peshona oʻng qismi teri osti gematomasi, peshona, burun, koʻkrak, qorin, bel sohalarida, qoʻl-oyoqlarida koʻplab shilinmalar va yumshoq toʻqimalar lat yeyishi kabi tan jarohatlari borligi aniqlanib, unga koʻrsatilgan tibbiy muolajalarga qaramasdan, 1 iyun 2017 yilda Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazining jonlantirish boʻlimida vafot etgan.

Molotok sudi v zale suda - Sputnik Oʻzbekiston
Hodisalar
Islom Toʻlaganov: Jasurni oʻldirmaganman

Jinoyat ishi boʻyicha Komissiyaviy sudga oid tibbiyot ekspertizasining xulosasiga koʻra, Ibrohimovning oʻlimi — qorin boʻshligʻi aʼzolarining yopiq oʻtmas jarohati, oʻn ikki barmoqli ichak devorining travmatik yorilishi, qorin parda osti toʻqimalari, koʻndalang chambar ichak gematomalari, oshqozon osti bezining lat yeyishi, oʻng buyrakning lat yeyishidan soʻng rivojlangan oʻtkir postravmatik gangrenoz aletsidit, oʻtkir postravmatik oʻchoqli pankreokroz, peritonit va pnevmoniya natijasida bosh miya va oʻpkalar shishishi hamda oʻtkir yurak qon tomir hamda nafas yetishmovchiliklar yuzaga kelishi natijasida yuz berganligi aniqlangan. 

Zasedaniye po delu ob izbiyenii Jasurbeka Ibragimova - Sputnik Oʻzbekiston
Jamiyat
Jasur Ibrohimovning kursdoshlari sudda guvohlik berishdi
Sud majlisi jarayonida sudlanuvchi Toʻlaganov unga eʼlon qilingan ayblovga iqror emasligini aytib oʻtgan boʻlsada, uning aybi, oʻzi, jabrlanuvchi va guvohlarning bergan koʻrsatmalari, 7-,1-,2-sonli klinik shifoxonalar, Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy tibbiy markazi tomonidan berilgan, jabrlanuvchi Ibrohimov nomiga yuritilgan kasallik tarixi hujjatlari, sudga oid tibbiyot ekspertizasining xulosasi, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus aʼlim vazirligi tomonidan oʻtkazilgan xizmat tekshiruvi xulosasi, Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi tomonidan oʻtkazilgan xizmat tekshiruvi xulosasi, Aliyeva tomonidan taqdim qilingan jinoyat ishi boʻyicha ashyoviy dalil deb eʼtirof etilgan jabrlanuvchi Ibrohimovning oq rangli maykasi va havorang jinsi shimi, Komissiyaviy sudga oid tibbiyot ekpertizasining xulosasi, sudga oid biologik ekspertizasining xulosasi, guvoh Temirov tomonidan shaxsni fotosuratdan tanib olish bayonnomasi va fotojadval, Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi tomonidan oʻtkazilgan xizmat tekshiruvi xulosasi, tibbiy maʼlumotlar va boshqa sud hujjatlari bilan toʻliq oʻz tasdigʻini topgan.

Dastlabki tergov organlari tomonidan Toʻlaganovning aybi Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat 104 moddasi 3 qismi "d" bandi bilan toʻgʻri malakalanib, toʻgʻri baho berilgan. Unga nisbatan jazo tayinlashda uning shaxsini, sodir etilgan jinoyatning ijtimoiy xavflilik darajasi va xususiyati, jazoni ogʻirlashtiruvchi va yengillashtiruvchi holatlarni inobatga olish lozim boʻladi.

Hurmatli sud!

Yuqoridagilarga koʻra, sudlanuvchi Toʻlaganov Islombek Abdujalilovichni Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 104-moddasi 3 qismi "d" bandida nazarda tutilgan jinoyatni sodir etganlikda aybdor deb topib, Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 85-moddasiga asosan unga olti yil muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlab, tayinlangan jazoni umumiy tartibdagi koloniyada oʻtashni belgilashingizni soʻrayman.

Muhtaram majlis ishtirokchilari, ishonchimiz komilki, siz ham oʻzlaringizning yashab kelayotgan joylaringizda, mahalla kuyda va keng jamoatchilik orasida bugungi kunda koʻrilishi yakunlanayotgan, yuqorida qayd etilgan jinoyatning oqibatlarini kelib chiqishiga sabab boʻlgan shart-sharoitlar haqida tushuntirasiz.

Bu orqali, kelajakda kimnidir bunday jinoyatga qoʻl urishdan qaytaradi, kimnidir ushbu jinoyat qurboni boʻlishidan saqlab qoladi.

Binobarin, insonning hayoti va sogʻligi — shaxsning bebaho boyligi hisoblanib, uni bu neʼmatdan mahrum etilishi yoki unga shaxs shikast yetkazishi shaxs uchun katta fojia hisoblanadi. Chunki hayotdan mahrum qilingan shaxsning oʻrnini hech narsa bilan toʻldirib boʻlmaydi.

Eʼtiborlaringiz uchun rahmat".

Jasur Ibrohimov ishi boʻyicha keyingi sud majlisi juma kuniga belgilandi. Navbatdagi sud majlisida tomonlar advokatlari xulosalari tinglanadi.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala