Toshkent viloyatida maktab-internat direktori nogironlar haqqini yeb kelgan

© Sputnik / Vitaliy Belousov / Mediabankka o‘tishNaruchniki na dveri kleti
Naruchniki na dveri kleti - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Maktab direktori va tuman kengash deputati 53 yoshli Tursun Kazakova o‘z mansabini suiiste’mol qilgan holda sohta hujjatlar tuzish yo‘li bilan budjet mablag‘lari, shuningdek xayriya yordam pullarini o‘zlashtirish bilan shug‘ullangan

TOShKENT, 24 okt — Sputnik. Milliy xavfsizlik xizmati tomonidan Toshkent viloyati Bo‘stonliq tumanidagi 125 — sonli jismoniy rivojlanishda nuqsoni bo‘lgan bolalar uchun ixtisoslashtirishgan maktab-internatida davlat budjet pulini o‘zlashtirish holati fosh etildi, deb xabar qildi Sputnik O‘zbekiston muxbiri.

Zaderjanie prestupnika - Sputnik O‘zbekiston
Namanganda bir nechta yirik valyutafurushlar qo‘lga olindi

MXX Toshkent shahar bo‘yicha boshqarmasiga ushbu ta’lim muassasida davlat va hayriya pullari o‘zlashtirilayotganligi haqida ma’lumotlar kelib tushdi.

Buning natijasida maxsus maktabda moliyaviy-xo‘jalik faoliyati va sanitariya-gigiyena holati bo‘yicha kompleks tekshiruv boshlandi. Ushbu maktab-internatda 148 nafar nogiron bolalar tarbiyalanadi va 49 nafar xodim ishlaydi.

"Tekshiruv davomida maktab direktori va tuman kengashi deputati 53 yoshli Tursun Kazakova o‘z lavozimini suiiste’mol qilgan holda hujjatlarni qalbakilashtirish yo‘li bilan budjet mablag‘lari va hayriya yordam pullarini o‘zlashtirish ishlari bilan shug‘ullanib kelganligi aniqlandi. Kazakova 2004-yildan bu ta’lim muassasasida rahbarlik vazifasini bajarib kelgan. Ushbu muddat davomida o‘tkazilgan taftish natijasida 677,4 million so‘mlik moliyaviy qoidabuzarliklar aniqlandi. Davlat mablag‘lari asoslanganman holda mukofot pullari va boshqa qo‘shimcha to‘lovlarga berib yuborilgan", — deb ta’kidlandi xavfsizlik xizmati vakili.

Bundan tashqari, tekshiruv davomida Kazakova 2015-2016 yillar mobaynida turli moliyaviy hiyla-nayranglar qilgan holda davlat budjetiga 100 million so‘m miqdorida ziyon yetkazgan. Jumladan, noqonuniy ravishda oziq-ovqat mahsulotlarini sotib olish uchun mo‘ljallangan pullarni naqdlashtirgan, shuningdek, turli lavozimlariga "o‘lik jonlar"ni rasmiylashtirib, ularga hisoblangan oylik maosh pullarini o‘zlashtirgan. Shuningdek, malaka oshirish kurslardan o‘tmagan alohida o‘qituvchilarga noqonuniy ravishda malaka darajasi uchun qo‘shimcha pullar hisoblangan.

Zaderjanie za vzatku - Sputnik O‘zbekiston
Ta’magirlik qilgan Samarqand qishloq xo‘jaligi instituti xodimlari qo‘lga olindi
Shu bilan birga, Tursun Kazakova bolalar uchun yetkazilgan oziq-ovqatdan ham boylik orttirmoqchi bo‘lgan. U oziq-ovqat mahsulotlarni sotib olish bo‘yicha shartnomalarni, o‘rnatilgan talablarga hilof ravishda o‘zining yaqin tanishlari ishlagan xususiy firmalar bilan tuzgan. Bu direktor tomonidan kelib tushgan pullarni bemalol o‘zlashtirishi uchun qilingan.

Internatda bolalar uchun ovqat tayyorlash va tarqatish jarayonida sanitariya-gigiyena qoidalari, mahsulotlarni saqlash sharoitlari talablariga rioya qilinmagan.

Tursun Kazakova deputatlik daxlsizligida mahrum etilib, unga nisbatan Toshkent viloyati prokuraturasi tomonidan Jinoyat kodeksining 167 — modda (o‘zlashtirish yoki rastrata yo‘li bilan talon-toroj qilish) va 209 — moddasi (mansab sohtakorligi) bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

Jinoyat ishlari bo‘yicha Bo‘stonliq tumani sudi tomonidan fuqaro Tursun Kazakova davlatga yetkazilgan ziyonni qoplaganligini hisobga olib, unga har oylik ish haqining 20 foizini davlat hisobiga to‘lash sharti bilan 2-yil muddatda ahloq tuzatish ishlari jazosi tayinlangan.

Yangiliklar lentasi
0