Iqtisod

Oʻzbekiston 1 mlrd $ dan ortiq toʻqimachilik mahsulotlari eksport qiladi

© Sputnik / Dmitriy Vinogradov / Fotobankka oʻtishNa raskroynom uchastke tekstilnogo predpriyatiya v Uzbekistane
Na raskroynom uchastke tekstilnogo predpriyatiya v Uzbekistane - Sputnik Oʻzbekiston
Toshkentda boʻlib oʻtayotgan Xalqaro paxta yarmarkasi davomida Rossiya, Turkiya, Janubiy Koreya, Singapur va Moldova kompaniyalari bilan shartnomalar imzolandi.

TOSHKENT, 24 okt — Sputnik. XIII xalqaro paxta va toʻqimachilik mahsulotlari yarmarkasi davomida Oʻzbekiston tayyor va yarim tayyor toʻqimachilik mahsulotlar eksportiga oid 1 mlrd dollardan ortiq  shartnomalar imzoladi, deb xabar qilmoqda Sputnik muxbiri.

Urojay xlopchatnika - Sputnik Oʻzbekiston
Iqtisod
Paxta yarmarkasiga 44 davlatdan 1500 nafar mutaxassis keladi

Eng yirik qiymatli shartnomalar Rossiya, Turkiya, Janubiy Koreya, Singapur va Moldova davlatlari bilan  imzolandi. Xorijiy kompaniya vakillari Oʻzbekiston toʻqimachilik mahsulotlari sifati va narxini yuqori baholashdi. Shu bilan birga shartnomalar imzolash davom etmoqda va imzolangan shartnomalar boʻyicha aniq raqamlar yarmarka yakunida eʼlon qilinadi. Paxta tolasi borasida imzolangan shartnomalar qiymatlari ham yarmarka oxirida eʼlon qilinishi kutilmoqda.

Eslatib oʻtamiz, oʻtgan yili boʻlib oʻtgan xalqaro paxta yarmarkasi doirasida Oʻzbekiston 1,32 mlrd dollarlik shartnomalar imzolagan edi. Bu yilgi xalqaro paxta yarmarkasiga dunyoning 50 mamlakatidan 1500 dan ortiq mutaxassislar kelishgan.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala