Jamiyat

Oʻzbekiston va Janubiy Koreya ikki tomonlama uchrashuvlarga tayyorlanmoqda

© Sputnik / Ramil SitdikovRukopojatiye
Rukopojatiye - Sputnik Oʻzbekiston
Ayni paytda Oʻzbekiston Janubiy Koreyaning yetakchi kompaniyalari bilan hamkorlikda neft-gaz, neft-kimyo va kimyo, konchilik, mashinasozlik, elektrotexnika, axborot-kommunikatsiya texnologiyalari, transport va logistika, turizm sohalarida investitsion loyihalar ishlab chiqmoqda va amalga oshirmoqda

TOSHKENT, 25 okt — Sputnik. Oʻzbekiston va Janubiy Koreya ikki tomonlama uchrashuvlarga tayyorgarlik koʻrishga eʼtibor qaratdi, deb xabar bermoqda Oʻzbekiston TIV matbuot xizmati.

Vstrecha s zamestitelem premyer-ministra Respubliki Koreya Kim Dong-Yonom i federalnыm kantslerom Shveytsarii po ekonomike Yoxanom Shnayder-Ammanom - Sputnik Oʻzbekiston
Siyosat
Oʻzbekiston-Janubiy Koreya savdo-iqtisodiy aloqalari muhokama qilindi

Bugun Oʻzbekiston Tashqi ishlar vazirligida Koreya Respublikasi elchisi Kvon Yon U bilan uchrashuv boʻlib oʻtdi.

"Oʻzbekiston-Janubiy Koreya munosabatlarining dolzarb masalalarini muhokama qilish davomida turli darajalarda boʻlajak ikki tomonlama uchrashuvlarga tayyorgarlik koʻrish, jumladan oʻtkazish muddati, kun tartibi, yakuniy hujjatlar loyihalarini tayyorlashga alohida eʼtibor qaratildi", — deyiladi matbuot xizmati xabarida.

Ilgariroq "Oʻzbekiston havo yoʻllari" Milliy aviakompaniyasi Islom Karimov nomidagi poytaxt xalqaro aeroportida yoʻlovchilarga xizmat koʻrsatishni yaxshilash masalasi boʻyicha Inchxon (Koreya) xalqaro aeroporti korporatsiyasi bilan muzokara oʻtkazgandi.

Ayni paytda Oʻzbekiston Janubiy Koreyaning yetakchi kompaniyalari bilan hamkorlikda neft-gaz, neft-kimyo va kimyo, konchilik, mashinasozlik, elektrotexnika, axborot-kommunikatsiya texnologiyalari, transport va logistika, turizm sohalarida investitsion loyihalar ishlab chiqmoqda va amalga oshirmoqda.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala