Jamiyat

Turk ekspertlari: Mirziyoyevning Anqaraga tashrifi tarixiy boʻladi

© Presidency Press Service, Pool photo via APPrezident Turtsii Redjep Tayip Erdogan (sprava) i prezident Uzbekistana Shavkat Mirziyoyev
Prezident Turtsii Redjep Tayip Erdogan (sprava) i prezident Uzbekistana Shavkat Mirziyoyev - Sputnik Oʻzbekiston
Ekspertning fikricha, Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Turkiyaga tashrifi ikki mamlakatning kelgusi besh-oʻn yillik munosabatlari yoʻnalishini belgilab beradi

TOSHKENT, 25 okt — Sputnik. Kappadokiya universiteti oʻqituvchisi, professor Hasan Ali Qorasarning eʼtiroficha, Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Anqaraga tashrifi tarixiy boʻladi va u ikki mamlakatning kelgusi besh-oʻn yillik munosabatlari yoʻnalishini belgilab beradi.

Siyosat
Shavkat Mirziyoyev Turkiyaga joʻnab ketdi

"Hozirda ikki davlat oʻrtasidagi tovar aylanmasi 1,3 milliard dollarni tashkil etadi. Anqara va Toshkent besh yil ichida ushbu koʻrsatkichni besh, keyingi 10 yilda esa 10 milliard dollargacha oshirishni rejalashtirmoqda", — dedi Qorasar "Anadolu" agentligiga.

U Turkiya prezidenti Rajab Toyyip Erdoʻgʻon va Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev toʻrt marta muzokaralar oʻtkazganini qayd etdi. Turkiya rahbarining Samarqandga tashrifi vaqtida ikki tomonlama munosabatlarni faollashtirish haqida qaror qabul qilindi, tegishli yoʻl xaritasi tayyorlandi.

Professor shuningdek, Erdoʻgʻon oʻzbekistonlik hamkasbi bilan Pekin, Ostona hamda Nyu-Yorkda boʻlib oʻtgan yirik miqyosdagi xalqaro tadbirlar doirasida uchrashuvlar oʻtkazganiga eʼtibor qaratdi. Bu esa, uning fikricha, Turkiya kelajakda Oʻzbekistonga alohida ahamiyat qaratishini bildiradi.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala