Migratsiya

Yoshlar ittifoqi delegatsiyasi oʻzbek yoshlari bilan uchrashish uchun Rossiyaga safar qiladi

© Press-slujba MMTSMnogofunktsionalnыy migratsionnыy tsentr
Mnogofunktsionalnыy migratsionnыy tsentr - Sputnik Oʻzbekiston
Delegatsiya oʻzbekistonlik yosh mehnat migrantlarining faoliyati, yashash sharoitlari bilan tanishadi hamda yashash uchun noqulay sharoitlarda mehnat qilayotgan yigit-qizlarning ijtimoiy ahvolini yaxshilash boʻyicha tegishli koʻmak beriladi

TOSHKENT, 25 okt – Sputnik. 30 oktyabrdan Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi Markaziy Kengashi raisining Rossiya Federatsiyasiga safari boshlanadi. Bu haqda Oʻzbekiston yoshlar ittifoqining ijtimoiy tarmoqdagi guruhida xabar berilmoqda.

Aktivistы molodejnogo dvijeniya Kamolot - Sputnik Oʻzbekiston
Analitika
Oʻzbekiston yoshlarini eng tashvishlantiradigan muammolar maʼlum boʻldi

Xabarga koʻra, Markaziy Kengash raisi boshchiligidagi 21 kishilik delegatsiya tarkibidan qator yuqori davlat organlari vakillari oʻrin olgan.

Delegatsiya safari davomida Rossiya Federatsiyasida tahsil olayotgan oʻzbekistonlik yoshlar bilan ochiq muloqot oʻtkazish, Yoshlar ittifoqining Rossiya Federatsiyasi hududidagi boshlangʻich tashkilotini tuzish koʻzda tutilgan.

Bundan tashqari, delegatsiya oʻzbekistonlik yosh mehnat migrantlarining faoliyati, yashash sharoitlari bilan yaqindan tanishadi hamda yashash uchun noqulay sharoitlarda mehnat qilayotgan yigit-qizlarning ijtimoiy ahvolini yaxshilash boʻyicha tegishli koʻmak beriladi.

Shuningdek, ushbu safar davomida yoshlarga tegishli yana qator muhim masalalar koʻrib chiqilishi va hal etilishi rejalashtirilmoqda.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala