Iqtisod

Oʻzbekistonda ishlab chiqarilayotgan yoʻlovchi vagonlar eksport qilinmoqda

© Uzbekiston temir yullariVagon passajirskogo podvijnogo sostava pod firmennыm znakom Made in Uzbekistan
Vagon passajirskogo podvijnogo sostava pod firmennыm znakom Made in Uzbekistan - Sputnik Oʻzbekiston
2016 yilda Rossiya va Qozogʻiston davlatlari tomonidan Oʻzbekiston vagonsozlari ishlab chiqarayotgan platskart va kupe vagonlariga qiziqish katta boʻlgan edi

TOSHKENT, 25 okt – Sputnik.  “Oʻzbekiston temir yoʻllari” aktsiyadorlik jamiyatiga qarashli “Toshkent yoʻlovchi vagonlarini qurish va taʼmirlash zavodi” aktsiyadorlik jamiyati oʻz mahsulotlarini eksport qila boshladi.  Bu haqda “Oʻzbekiston temir yoʻllari” matbuot xizmati xabar bermoqda.

Turkmenistan Airlines samolyoti - Sputnik Oʻzbekiston
Iqtisod
Oʻzbekistonda turkman vagonlari va samolyotlari taʼmirlanadi

Markaziy Osiyoda yagona boʻlgan “Toshkent yoʻlovchi vagonlarini qurish va taʼmirlash zavodi”da metro vagonlarini taʼmirlash ishlari oʻzlashtirildi, yangi koʻrinishdagi yoʻlovchi vagonlar ishlab chiqarila boshlandi.

2016 yilda Rossiya va Qozogʻiston davlatlari tomonidan Oʻzbekiston vagonsozlari ishlab chiqarayotgan platskart va kupe vagonlariga qiziqish katta boʻlgan edi. Joriy yilda esa ular uchun moʻljallangan yangi koʻrinishdagi qulay vagonlarni ishlab chiqarishga kirishildi.

Yil oxiriga qadar 5 ta platskart va yana shuncha kupe vagonlariga buyurtmalar kelib tushdi. Shu yilning iyunida jahon standarti sertifikati qoʻlga kiritildi.

Vagonlar dizayni buyurtmachilar talabi asosida ishlab chiqildi. Ilk 4 ta vagon iyul oyida buyurtmachilarga joʻnatilgan boʻlsa, yil oxiriga qadar qolgan mahsulotlar ham oʻz egalariga yetkaziladi.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala