Siyosat

SHHT: Yaqin Sharq va Afgʻonistondagi terrorchi jangarilar hujum qilishga tayyor

© Sputnik / Bolat ShayxinovFlag Shanxayskoy organizatsii sotrudnichestva i flagi stran uchastnits SHOS
Flag Shanxayskoy organizatsii sotrudnichestva i flagi stran uchastnits SHOS - Sputnik Oʻzbekiston
"Terrorchilar jiddiy talofatlar koʻrganligiga qaramasdan hamon oʻzining jangovar kuchini saqlab qolmoqda. Terrorchilar mamlakat ichida va uning tashqarisida muvofiqlashtirilgan hujumlarni uyushtirishga tayyor", — dedi SHHT mintaqaviy aksil terrorchilik tuzilmasi direktor oʻrinbosari Axat Mukashev.

TOSHKENT, 25 okt — Sputnik. Yaqin Sharq va Afgʻonistondagi terrorchilik guruhlari jiddiy talofatlar koʻrishiga qaramasdan hamon oʻzining jangovar kuchini saqlab qolmoqda. Bu haqda bugun boʻlib oʻtgan yigʻilishda SHHT mintaqaviy aksil terrorchilik tuzilmasi ijroiya qoʻmitasining direktor movuni Axat Mukashev maʼlum qildi.

Denejnыe kupyurы Rossii i SSHA - Sputnik Oʻzbekiston
Jamiyat
Terrorizmga aloqador 150 nafar Markaziy osiyoliklarning mablagʻlari muzlatib qoʻyildi

Bugun Toshkentda SHHTga aʼzo davlatlar Oliy sud raislarining 12-chi yigʻilishi oʻz ish faoliyatini boshladi.

Yigʻilishda soʻzga chiqqan Mukashev "SHHT mintaqaviy aksil terrorchilik tuzilmasi Yaqin Sharq va Afgʻonistondagi terrorchilik uyushmalari dunyo mamlakatlari xavfsizligiga hamon tahdid solayotganligi haqida xalqaro ekspertlarining fikrlariga qoʻshiladi", — deb taʼkidladi.

"Terrorchilar jiddiy talofatlar koʻrganligiga qaramasdan hamon oʻzining jangovar kuchini saqlab qolmoqda. Terrorchilar mamlakat ichida va uning tashqarisida muvofiqlashtirilgan hujumlarni uyushtirishga tayyor", — dedi mintaqaviy aksil terrorchilik tuzilmasi direktor oʻrinbosari.

"Afgʻonistonda, ayniqsa uning shimoliy tumanlarida terrorchi tuzilmalarining odam soni koʻpayishi SHHTga aʼzo davlatlar xavfsizligiga jiddiy tahdid qilmoqda", — deb taʼkidladi Mukashev.

Uning fikriga koʻra, bu sharoitlarda yangi tahdidlarga qarshi kurashish boʻyicha SHHTning vakolatli idoralarining hamkorligini mustahkamlash — SHHT Mintaqaviy aksil terrorchilik tuzilmasi faoliyatining asosini tashkil qiladi.

Eslatib oʻtamiz, SHHT- xalqaro tashkilot boʻlib, 2001 yilda Xitoy, Rossiya, Qozogʻiston, Tojikiston, Qirgʻiziston va Oʻzbekiston rahbarlari tomonidan tashkil etilgan. 2016 yil iyun oyida Oʻzbekistonda boʻlib oʻtgan sammitda SHHTga Xindiston va Pokiston qabul qilinishi toʻgʻrisida memorandumlar imzolangan. Ostona shahrida oʻtkazilayotgan sammitda bu ikki davlat SHHTning toʻlaqonli aʼzolariga aylangan. SHHT aksil terrorchilik mintaqaviy tuzilmasi bosh qarorgohi Toshkent shahrida joylashgan.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala