Shvetsiya poytaxtida Sharof Rashidov tavalludining 100-yilligi nishonlanadi

© Sputnik / Sergey Guneyev / Mediabankka o‘tishStokgolm. Shvetsiya
Stokgolm. Shvetsiya - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Stokgolmda Open Eurasian Literature Festival & Book Forum VI xalqaro festivali bo‘lib o‘tadi

TOShKENT, 26 okt — Sputnik. Shvetsiya poytaxti Stokgolmda atoqli davlat arbobi va adibi Sharof Rashidov tavalludining 100-yilligi nishonlanadi, deb xabar bermoqda Sputnik muxbiri.

Fidel Kastro (sleva) i perviy sekretar SK kompartii Uzbekistana Sharaf Rashidov (2 sprava) beseduyut s chabanom kolxoza imeni Sverdlova M. Muminovim - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekiston Madaniyat vazirligi Sharof Rashidovga tegishli buyumlarni xarid qiladi

Shvetsiya poytaxti aholisi va mehmonlari 17-20 noyabr kunlari bo‘lib o‘tadigan Open Eurasian Literature Festival & Book Forum (OEBF) VI xalqaro festival munosabati bilan ana shunday imkoniyatga ega bo‘lishadi.

Tashkilotchilar bo‘lmish Eurasian Creative Guild (London) va Hertfordshire Press nashriyot uyining bildirishicha, tadbirni Sharof Rashidov tavalludiga bag‘ishlash qarori atoqli o‘zbek yozuvchisi ijodini butun dunyoda ommalashtirish maqsadida qabul qilindi.

Festival doirasida Hertfordshire Press nashriyoti tomonidan ingliz tilida yangi tahrirda chop etilgan Sharof Rashidov qalamiga mansub "Kashmir qo‘shig‘i" qissasi taqdim etiladi. Ushbu kitob shu oyda Londonda Yevrosiyo ijodiy gildiyasi adabiyot kunlari doirasida keng ommaga taqdim etilgandi. Shu bilan birga, Nyu-York, Vashington, Minsk, Ostona, Almati, Bishkek va yozuvchining vatani O‘zbekistonda ham kitob taqdimoti o‘tkazilishi rejalashtirilgan.

Babrak Karmal, Sharaf Rashidovich Rashidov - Sputnik O‘zbekiston
Sharof Rashidov tavalludining 100-yilligi keng nishonlanadi

OEBF festivali Yevrosiyo makonida uzoq yillardan buyon o‘tkazib kelinadigan yillik madaniy tadbirdir. Tadbir o‘tkaziladigan to‘rt kun davomida ko‘rgazmalar, seminar va ilmiy anjumanlar, kitob yarmarkalari va taqdimotlari, shoir va yozuvchilar bilan uchrashuvlar o‘tkaziladi.

Taniqli adib, atoqli davlat arbobi Sharof Rashidov 1917-yilning 6-noyabrida Jizzax shahrida, dehqon oilasida tavallud topgan.

1941 yilda Samarqand Davlat universitetini tugatib muallim va muxbir sifatida faoliyatini boshlagan. 1941-1942 yillarda urushda qatnashadi. 1950-1959 yillarda O‘zbekiston Oliy Kengashi rayosatining raisi, 1959-1983 yillarda O‘zbekiston Kompartiyasi markazqo‘mining birinchi kotibi bo‘lib ishlagan. Sharof Rashidov yozuvchi sifatida ham mashhurlikka erishgan. Uning asarlari asosida filmlar suratgan olingan, she’rlariga kuylar bastalangan. Rashidovga ayniqsa "Kashmir qo‘shig‘i" qissasi mashhurlik olib kelgan.

Yangiliklar lentasi
0