Unutmaymiz, faxrlanamiz, sevamiz: Islom Karimov haqidagi sayt ishga tushdi

© SputnikSayt posvashenniy Islamu Karimovu
Sayt posvashenniy Islamu Karimovu - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Yodgorlik majmuasi saytida Islom Karimov tarjima holi hamda uning qalamiga mansub asarlar, fotogalereya bilan tanishish mumkin

TOShKENT, 26 okt — Sputnik. Bugun O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Karimov nomidagi ilmiy-ma’rifiy yodgorlik majmuasi sayti ishga tushdi.

Prezident Uzbekistana Islam Karimov - Sputnik O‘zbekiston
"O‘zbekiston pochtasi " Islom Karimovga bag‘ishlangan pochta markalarini chiqardi

Birinchi Prezident xotirasini, uning mustaqillikni qo‘lga kiritishga, davlatchilikni qurishga qo‘shgan ulkan hissasini va Islom Karimov shaxsining tarixiy rolini abadiylashtirish, shuningdek uning merosini ommalashtirish yodgorlik majmuasining asosiy vazifalariga kiradi.

Majmua tarkibiga muzey, ilmiy-tadqiqot va ta’lim markazi, kutubxona hamda konferensiya zali kiradi.

Majmua o‘z faoliyatini Islom Karimov nomidagi Respublika xayriya jamoat fondi bilan o‘zaro hamkorlikda olib boradi.

Yodgorlik majmuasi saytida Islom Karimov tarjima holi hamda uning qalamiga mansub asarlar, fotogalereya bilan tanishish mumkin. Saytdagi ma’lumotlar o‘zbek, rus va ingliz tillarida berilgan.

Yangiliklar lentasi
0