TOSHKENT, 26 okt — Sputnik. Oʻzbekistonda bolalar bogʻchalarida oʻz tarbiyalanuvchilari uchun ovqat tayyorlashdan voz kechish boʻyicha yangicha tartibni tatbiq etish masalasi koʻrib chiqilmoqda. Bu haqda Sputnik Oʻzbekiston muxbiri xabar berdi.
Buning uchun ixtisoslashtirilgan keytering kompaniyalarini jalb qilish rejalashtirilgan.
Kompaniyalarni tanlash jarayonida oziq-ovqat mahsulotlarini sifatli, xavfsiz va sanitariya-gigiyena talablariga toʻliq rioya qilinishiga alohida eʼtibor beriladi.
"Ushbu kompaniyani nafaqat oziq-ovqatlarni sifatli tayyorlanishiga, balki belgilangan talablarga mos ravishda yetkazilishi va oʻralishiga alohida eʼtibor bergan holda tanlaymiz. Asosiy maqsad — bolalar uchun sifatli va sogʻlom ovqatlanishni taʼminlash. Buning natijasida yana bir dolzarb muammo yechiladi. Bogʻcha xodimlari tarmoq vazifalariga tegishli boʻlmagan vazifalardan ozod etilib, birinchi navbatda bolalar tarbiyasi va taʼlimi bilan shugʻullanishadi", — deb taʼkidladi Sputnik muxbiriga Xalq taʼlimi vazirligidagi manbaasi.
Eslatib oʻtamiz, maktabgacha taʼlim vazirligi shu yilning sentyabri oxirida tashkil etilgandi. Toshkent axborot texnologiyalari kasb-hunar kolleji direktori boʻlib ishlagan, senator Agrippina Shin ushbu idora vaziri etib tayinlandi.
Bugungi kunda respublikada 4916 ta maktabgacha taʼlim muassasasi faoliyat koʻrsatadi. Yaqin besh yil ichida yangilangan loyihalar boʻyicha yana 50 ta bolalar bogʻchasi qurish moʻljallangan. Shuningdek, bu davr mobaynida 1167 ta bolalar bogʻchasi rekonstruktsiya qilinadi, 983 ta bogʻcha esa joriy taʼmirlanadi.