O‘zbekistondan Rossiyaga 40 tonnaga yaqin yerong‘oq jo‘natildi

© Press slujba XK "Uzbekozikovkatxolding"Sostoyalsya ocherednoy reys po avia-dostavke plodoovoshnoy produksii pod brendom «UzAGRO» v Rossiyu
Sostoyalsya ocherednoy reys po avia-dostavke plodoovoshnoy produksii pod brendom «UzAGRO» v Rossiyu - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
O‘tgan haftada o‘n turdan ortiq sarxil va quritilgan mevalar, shuningdek 40 tonna uzum charter reys orqali "O‘zagroeksport"ning Moskva shahridagi savdo uyiga jo‘natilgandi

TOShKENT, 27 okt – Sputnik. Ushbu haftada Rossiyaga UzAGRO brendi ostida O‘zbekistonda yetishtirilgan meva-sabzavot mahsulotlarining navbatdagi aviajo‘natmasi tashkil etildi, deb xabar berdi "O‘zbekoziqovqatxolding" xolding kompaniyasi matbuot xizmati.

Xabarda aytilishicha, samolyot orqali Rossiyaga 40 tonnaga yaqin yerong‘oq jo‘natildi.

Frukti na rinke - Sputnik O‘zbekiston
Rossiyaga UzAgro brendi ostida dastlabki meva-sabzavot mahsulotlari jo‘natildi

Eslatib o‘tamiz, o‘tgan haftada o‘n turdan ortiq sarxil va quritilgan mevalar, shuningdek 40 tonna uzum charter reys orqali "O‘zagroeksport"ning Moskva shahridagi savdo uyiga jo‘natilgandi.

"O‘zbekoziqovqatxolding" kompaniyasi matbuot xizmatining ma’lum qilishicha, UzAgro brendi ostidagi o‘zbek meva va sabzavot mahsulotlarining keng ko‘lamli eksporti mazkur sohadagi eksport hajmini oshirish sur’atlarini qo‘llab-quvvatlashga yo‘naltirilgan. Endilikda UzAgro brendi mahsulotlarini tashish ishlari nafaqat avto va temir yo‘l orqali, balki aviatransport orqali ham amalga oshirilmoqda.

Shuningdek, "O‘zbekoziqovqatxolding" Rossiyaning eng yirik X5, Magnit, Xolidey, Mariya-Ra kabi savdo tarmoqlari bilan sarxil va qayta ishlangan meva va sabzavot mahsulotlarini yetkazib berishga doir shartnomalarni imzoladi. Sarxil meva-sabzavotlarni har hafta yetkazib berish rejalashtirilmoqda.

Yaqinda O‘zbekiston tashqi savdo vaziri Elor G‘aniyev respublika Rossiyaga yillik meva-sabzavot yetkazib berish hajmini bir milliard dollargacha oshirmoqchi ekanligini ma’lum qilgandi. Joriy yilning o‘zida O‘zbekistondan Rossiyaga yangi va qayta ishlangan meva-sabzavot mahsulotlarini yetkazib berish 30%ga oshdi.

Yangiliklar lentasi
0