Madaniyat

"Oʻzbekfilm" direktori lavozimidan ozod qilindi

Hilol Nasimov boshqa ishga oʻtganligi munosabati bilan aktsiyadorlik jamiyati direktorligi lavozimidan ozod qilingan

TOSHKENT, 27 okt – Sputnik. "Oʻzbekfilm" aktsiyadorlik jamiyati direktori Hilol Nasimov lavozimidan ozod qilindi. Bu haqda "Oʻzbekkino" milliy agentligi matbuot xizmati xabar berdi.

Lola Karimova-Tillyayeva s suprugom Timurom Tillyayevыm na 74-m Venetsianskom kinofestivale - Sputnik Oʻzbekiston
Madaniyat
Buyuk Mirzo Ulugʻbek haqida film Venetsiya kinofestivalida nufuzli mukofot oldi

Xabarda aytilishicha, bugun "Oʻzbekfilm" aktsiyadorlik jamiyatining navbatdan tashqari yigʻilishi boʻlib oʻtdi. Unda kinostudiyaning bugungi holati, mavjud kamchilik va muammolari muhokama qilindi.

Korxonani sogʻlomlashtirish va uni qayta shakllantirish yuzasidan taklif va mulohazalar tinglandi.

Yigʻilishda tashkiliy masala ham koʻrilgani, Hilol Nasimov boshqa ishga oʻtganligi munosabati bilan aktsiyadorlik jamiyati direktorligi lavozimidan ozod qilingani aytiladi xabarda.

Shuningdek, jamiyatning moliyaviy-iqtisodiy ahvolini tahlil qilish va kelgusida rejalashtirilgan ishlarni amalga oshirish boʻyicha ishchi guruhi tuzilgan.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala