Jamiyat

Hukm oldidan muzokara: Jasur Ibrohimov oʻlimida birgina Islom Toʻlaganov aybdormi?

© Dilshoda RaxmatovaPreniya advokatov, delo Jasura Ibragimova
Preniya advokatov, delo Jasura Ibragimova - Sputnik Oʻzbekiston
Payshanba, 27 oktyabr kuni Toshkent shahridagi Mirobod tuman jinoiy ishlar sudida ayovsiz kaltaklanishi natijasida olgan jarohatlari tufayli kasalxonada vafot etgan Borovskiy nomidagi tibbiyot kolleji talabasi Jasur Ibrohimov ishi boʻyicha navbatdagi sud majlisi boʻlib oʻtdi

TOSHKENT, 27 okt — Sputnik, Dilshoda Rahmatova. Navbatdagi sud majlisida marhum Jasur Ibrohimovning onasi Nilufar Aliyevaga soʻz berildi. Shuningdek, jabrlanuvchi va ayblanuvchi tomonlarning advokatlari muzokaralari boʻlib oʻtdi. Sud majlisi yakunida esa ayblanuvchi Islom Toʻlaganov soʻnggi soʻzini aytdi.

Islom Tulaganov - Sputnik Oʻzbekiston
Jamiyat
Jasur mard bola edi, u vrachlar xatosi tufayli hayotdan koʻz yumdi - Islom Toʻlaganov

Sud majlisi ochiq deb eʼlon qilinganidan soʻng, sudya soʻzni marhum Jasur Ibrohimovning onasi — Nilufar Aliyevaga berdi.

"Men oʻldirilgan oʻgʻlim himoyasi uchun soʻzga chiqdim"

Jabrlanuvchi Nilufar Aliyeva oʻz soʻzi avvalida inson hayotiga suʼiqasd qilish eng ogʻir jinoyatlardan biriligini eslatib oʻtdi. Soʻngra davlat organlari va mansabdor shaxslar tomonidan yoʻl qoʻyilgan noqonuniy xatti-harakatlarni birma-bir sanadi. Aliyevaga koʻra, avval boshdanoq yoʻl qoʻyilgan qonunbuzarlik — bu jinoiy ishning 28 kun kechikish bilan qoʻzgʻatilgani boʻlgan.

"Shuningdek, tergov ham sifatsiz va gʻalati tartibda oʻtkazilgan: guvohlarning soʻroqqa tutilishi noxolis kechgan, ushbu faktni sudda ishtirok etgan guvoh Malika Siddiqova tasdiqladi, sud tibbiy ekspertizasi vaqtida oʻtkazilmadi, hattoki, ayblanuvchining poyabzali va oʻgʻlimning qornidagi iz mos tushish-tushmasligini isbotlovchi tergov eksperimenti oʻtkazilmagan. Qolaversa, hayotligida oʻgʻlimni soʻroq qilishmadi…

Sud ishi shu qadar tez va shoshilinch oʻtkazildi-ki, jabrlanuvchi tomondan ishtirok etgan birorta guvoh koʻrsatmalari munosib tarzda hisobga olinmadi, shuningdek, "guvoh" deb atalganlarning koʻrsatmalari bir-biriga hamda avvalgi bergan koʻrsatmalariga zid boʻlgani, 6 kishining 1 kishiga yordam koʻrsatmasligi holatlari ham hisobga olinmadi", — dedi Aliyeva.

Jabrlanuvchi, sud tibbiy ekspertizasining Jasur bir emas, bir necha kishi tomonidan kaltaklanganini tasdiqlagan xulosasi prokuror tomonidan inobatga olinmagani, "qoʻngʻiroqlarga javob bermayapti" degan vaj bilan kollej pedagog jamoasiga nisbatan hech qanday chora qoʻllanilmaganini qoʻshimcha qildi.

Ushbu jinoiy ish "bir guruh shaxslar tomonidan sodir etilgan oʻta ogʻir jinoyat" tarzida tasniflanishi kerak edi, dedi ayol.

Jasurbek Ibragimov - Sputnik Oʻzbekiston
Jamiyat
Vrach koʻrsatmasi: Jasur Ibrohimov kasalxonaga ogʻir ahvolda olib kelingan edi
"Sud jarayoni tarbiyaviy ahamiyatga egaligi hech kimga sir emas, mamlakatimizning koʻp millionli aholisi, shu jumladan, oʻsmirlar ayni vaqtda ushbu jarayonni kuzatib borishmoqda. Ushbu holatda jazodan qutulib qolish yangi jinoyatlarni va yangi jinoyatchilarni dunyoga keltirishi mumkin.

Davlat ayblovchisi nega ayblanuvchiga nisbatan atigi 6 yil koloniya jazosini soʻradi? Bu holatga aniqlik kiritishini soʻrayman. Men uchun nutq soʻzlash qanchalik ogʻirligini bilsangiz edi. Butun hayotim doʻzaxga aylandi, ayni vaqtda menga dalda berib turgan yagona ilinj — bu oilam. Boshiga ulkan musibat tushgan, juda katta yoʻqotishni boshdan kechirgan bir ona sifatida meni tushuning, oʻtinib soʻrayman. Men koʻp narsa talab qilmayapman. Oʻgʻlimning qotillarini Qonun va Adolat boʻyicha jazolashlaringizni soʻrayman", — dedi soʻzi yakunida jabrlanuvchi.

Advokat Lola Ismailova: Islombek oʻz qilmishi uchun javob berishi shart

Jabrlanuvchi tomonning advokati Lola Ismailova Islombek Toʻlaganov avval boshdanoq tibbiyot muassasalarini chalgʻitgani yoki boʻlmasa ular yordamida yolgʻon koʻrsatmalar berishga muvaffaq boʻlganligini aytib oʻtdi. Advokat sudya eʼtiborini jinoyat ishiga biriktirilgan tibbiy maʼlumotnomalarga qaratdi hamda ular yordamida Toʻlaganov nafaqat aybni oʻz boʻynidan soqit qilmoqchi boʻlganini, balki "Jasur Ibrohimov tomonidan kaltaklangan", degan mazmundagi xulosani beruvchi bu hujjatlar yordamida bor aybni marhumning oʻziga agʻdarishga uringanini taʼkidladi.

Molotok - Sputnik Oʻzbekiston
Jasur Ibrohimov ishi: Islombek Toʻlaganovni qoʻshimcha advokat himoya qiladigan boʻldi

"Islom Toʻlaganov oʻz aybini qatʼiyan tan olmayapti, u oʻz qilmishidan pushaymon emas, Jasur Ibrohimovning ota-onasidan kechirim ham soʻragani yoʻq, oʻzini kekkaygan holda tutdi va bu bilan faqat oʻziga ziyon qildi", — dedi advokat Ismailova. 

Advokat Ismailova Toʻlaganovning shaxsini tavsiflar ekan, sudyaga oʻzga insonning salomatligi va hayoti Islom uchun sariq chaqachalik emasligini, tibbiyot kolleji talabasi oʻzga insonning aʼzoi-badaniga hayot uchun xavfli zarbalarni berayotganida, oqibati qanday boʻlishini  bilmasligi mumkinmasligini qoʻshimcha qildi.

"Sodir etgan jinoyati uchun u hozir munosib jazo olmas ekan, keyinchalik jamoatchilik uchun xavfli shaxsga aylanishi turgan gap. Lekin jabrlanuvchi tomon unga yana bir imkoniyat taqdim etadi. Toʻlaganov soʻnggi soʻzida sodir etgan jinoyatini tan olib, oʻz qilmishidan pushaymonligini aytishi mumkin", — dedi advokat hamda raisliq qiluvchidan ayblanuvchining ota-onasiga nisbatan ham choralar koʻrilish kerakligini, ishni bir kishi emas, bir guruh shaxslar tomonidan sodir etilgan deya qayta kvalifikatsiyalash lozimligini aytdib oʻtdi.

"Hurmatli raislik qiluvchi, Islom Toʻlaganovga, u sodir etgan jinoyat boʻyicha adolatli jazo berilishini soʻrayman", — dedi oʻz nutqi yakunida advokat Ismailova.

Ayblanuvchining advokatlari: vazifamiz adolatni qaror toptirishdan iborat

Advokat Farhod Tohirovga soʻz berilganida, u marhum Jasurbek Ibrohimovning ota-onasiga sabr tiladi.

Soʻngra, oʻz nutqi kirish qismida "jinoyat qonunida bir xil sodir etilgan jinoyatlarga, hattoki, odam oʻlganligi jinoyati boʻyicha ham har xil jazo berilishi, ogʻir jinoyat sodir etilganligi fakti boʻyicha ham ayrim holatlarda jazodan ozod etilish mumkinligini" eslatib oʻtdi.

Zasedaniye po delu ob izbiyenii Jasurbeka Ibragimova - Sputnik Oʻzbekiston
Jamiyat
Jasur Ibrohimovning kursdoshlari sudda guvohlik berishdi

Tohirov sud majlisida oʻtirganlarga vazifasi faqatgina sudlanuvchini himoya qilishdan iborat emasligini tushuntirdi. "Tergov va sud organlari tomonidan jinoyat va jinoyat protsessual qonunlaridan tashqariga chiqmasdan adolatli hukm chiqarishga yordamlashish vazifasini ado etamiz", — dedi u.

Huquq himoyachisi, shuningdek, Jasurbek Ibrohimovning oʻlimi — bu vrachlarning Gippokrat qasamyodiga amal qilmasliklari natijasi boʻlgan, degan fikrni aytdi. "Marhumning onasi tez tibbiy yordam chaqirtirganida, voqea joyiga malakali xodim oʻrniga feldsher yuborilishi, zudlik bilan amalga oshirilishi lozim boʻlgan operatsiya oradan 2 sutkadan koʻp vaqt oʻtganidan keyin oʻtkazilgani buning yaqqol isboti", — dedi Tohirov.

Advokat Islombekning Jasurbekka tan jarohati yetkazish yoki uni qasddan oʻldirish niyati boʻlmagani, jinoyatning kelib chiqish sababi, aslida, marhum Ibrohimovning bezorilik harakatlari boʻlgani, ichki ishlar tergov boshqarmasi tomonidan unga nisbatan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, oʻlimi sababli bekor qilinganligi — bularning barchasi sud tomonidan inobatga olinishi kerakligini aytib oʻtdi.

Advokat ayblov hukmi taxminlarga asoslanishi mumkin emasligini qatʼiy taʼkidladi. "Himoyamdagi shaxs uchun endi 18 yoshni qarshilaganda ushbu panjara ortida oʻtirishning oʻzi yetarli dars boʻlgan boʻlsa ajabmas" dedi va sudyadan Islombek Toʻlaganovning harakatlariga oqilona baho berishni soʻradi.

Nutqi yakunida Tohirov Islombek Toʻlaganov ushbu jinoyatni jabrlanuvchining gʻayriqonuniy xatti-harakatlari natijasida sodir etganligini eʼtiborga olib, uning harakatlarida Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 104 moddasi, 3 qism "d" bandida koʻrsatilgan jinoyat alomatlari yoʻqligi, va, Jasur tomonidan uning hayoti va sogʻligiga tajovuz qilinganligi bois, unga nisbatan himoya matnida keltirilgan "u oʻzini himoya qilgan" deya oqlov hukmini chiqarishni soʻradi. Yaʼni sudyani Toʻlaganovni jazodan ozod qilishga chaqirdi.

Toʻlaganov soʻnggi soʻzida sudya adolatli hukm chiqarishiga ishonishini aytdi

Sudya ayblanuvchi Islombek Toʻlaganovga soʻnggi soʻzni aytishni taklif qilganida, ayblanuvchi rozi boʻldi. Toʻlaganov Jasurning onasiga yuzlanib, boʻlib oʻtgan voqeadan juda ham pushaymon ekanligini, afsusdaligini aytdi hamda oʻz advokatlari tomonidan aytilgan fikrlarga toʻliq qoʻshilishini maʼlum qildi.

Toʻlaganov Jasurning oʻlimida oʻzini emas, balki shifokorlarni aybladi.

Islom Tulaganov - Sputnik Oʻzbekiston
Jamiyat
Jasur mard bola edi, u vrachlar xatosi tufayli hayotdan koʻz yumdi - Islom Toʻlaganov

"Boʻlib oʻtgan voqeadan qattiq pushaymonman, afsusdaman. Oʻzimni hech ham kechirolmayman.

Hurmatli raislik etuvchi, hurmatli xalq maslahatchilari!

Ikkinchi sonli kasalxona vrachlari toʻgʻri tashxis qoʻyib, sifatli tibbiy yordam koʻrsatganida, Jasurbek vafot etmagan boʻlardi", — dedi Toʻlaganov. 

Soʻngsoʻz oʻrnida

Mana, bir jinoyat ishi boʻyicha boshlangan sud ham yakunlanish nuqtasiga kelib qoldi. Sud hukmi dushanba, 30 oktyabr kuni oʻqib eshittiriladi. Shu paytga qadar tergov materiallari, guvohlar koʻrsatmalari, ekspert xulosasi, prokuror va advokatlar chiqishi, jabrdiyda ona nutqi hamda ayblanuvchining soʻnggi soʻzini eʼtiboringizga havola qildik.

Jasurbek Ibragimov - Sputnik Oʻzbekiston
Jamiyat
YUNISEF Jasurbek Ibrohimov voqeasi boʻyicha bayonot berdi
Eʼtibor bergan boʻlsangiz, ushbu sud jarayonini kuzatib borgan sizu-bizdan tashqari, ishtirokchi tomonlar ham oʻz nutqlarida sud jarayoni soʻngida ADOLAT soʻzini takror va takror tilga oldilar, sudyadan adolatli qaror chiqarilishini soʻradilar.

Adolat nima? Kim aybdor va nima qilmoq kerak, degan savollarga bexato, aniq javob berish uchun nimaga asoslanishimiz kerak? 

Shu kechayu-kunduzda ijtimoiy tarmoqlarda Jasur Ibrohimov ishi boʻyicha internet foydalanuvchilari orasida qizgʻin bahs hali-hanuz toʻxtagani yoʻq. Kimdir adolat qaror topishiga ishonch bildirsa, kimdir "adolat yoʻq", degan fikrni bildirmoqda.

Vaholanki, sud hukmi oʻqib eshittirilmaguniga qadar "aybsizlik prezumptsiyasi" degan tushuncha amal qilishini, shu bois, hech bir shaxsni u sodir etgan jinoyati isbotlanmagunga qadar avval boshdan jinoyatchi deb atab boʻlmasligini eslatib oʻtmoqchimiz.

Albatta, adolat qaror topishi uchun haqiqatni yuzaga chiqarish lozim. 

Molotok sudi v zale suda - Sputnik Oʻzbekiston
Hodisalar
Islom Toʻlaganov: Jasurni oʻldirmaganman
…Avstriya va britaniyalik faylasuf Karl Popperga "Haqiqat nima oʻzi?", — deb savol berishganida, u, "Qoʻlimda turgan ruchkani ayni paytda qoʻlimda yoʻqligini isbotlab berolsam, bu haqiqat", — deb javob qaytargan va "haqiqat kuchlilar tomonda boʻladi", deya qoʻshimcha qilgan ekan.

Popperning falsafasiga chuqur hurmat bildirgan holda, ayni jarayonga buyuk faylasuf aytgan haqiqatdan koʻra, ayblanuvchi Islombek Toʻlaganovning advokati Yusuf Ibragimov tomonidan aytilgan bir jumla juda mos tushishini taʼkidlab, advokat fikrini eʼtiboringizga havola qilaman:

"Odamlar adolatni qaror toptirish uchun qonunni ijod qilgan. Qonun adolatli boʻlishi uchun esa unga hamma amal qilishi kerak. Ana shundagina adolat yuzaga keladi".

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala