TOSHKENT, 28 okt — Sputnik. Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev 27 oktyabr kuni Rossiya hukumati raisining oʻrinbosari Dmitriy Rogozinni qabul qildi.
Uchrashuvda Oʻzbekiston va Rossiya oʻrtasidagi savdo-iqtisodiy, sarmoyaviy hamda harbiy-texnik hamkorlikni yanada rivojlantirish boʻyicha kelishuv va bitimlarni amalga oshirish masalalari muhokama qilindi, deb xabar berdi prezident matbuot xizmati.
Mamlakatlar yetakchi korxona va kompaniyalari oʻrtasida istiqbolli qoʻshma dastur va innovatsiya loyihalarini jadal rivojlantirishga qaratilgan sanoat kooperatsiyasini mustahkamlash muhimligi qayd etildi.
Dmitriy Rogozin Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyevga samimiy qabul uchun minnatdorlik bildirdi, Rossiya prezidenti Vladimir Putin va hukumat raisi Dmitriy Medvedevning samimiy va ezgu tilaklarini yetkazdi.