Jamiyat

Shavkat Mirziyoyev Toshkent shahridagi yoʻl oʻtkazgichni koʻzdan kechirdi

© Press-slujba prezidenta RUzAvtomobilnыy most v Tashkente
Avtomobilnыy most v Tashkente - Sputnik Oʻzbekiston
Shavkat Mirziyoyev ushbu yoʻl oʻtkazgich odamlarga qanchalik manzur boʻlgani, transport harakati va xavfsizligiga qanday taʼsir koʻrsatgani bilan qiziqdi

TOSHKENT, 28 okt – Sputnik. Prezident Shavkat Mirziyoyev Toshkent shahrining Kichik halqa yoʻli va Fargʻona yoʻli koʻchalari kesishgan joyda qurilgan yoʻl oʻtkazgichni borib koʻrdi. Bu haqda prezident matbuot xizmati xabar berdi.

Ilgari poytaxt markazidan Fargʻona yoʻliga chiqish yoki aksincha bu yoʻldan markazga kelish uchun transport vositalari ortiqcha bir necha kilometr yurishga majbur boʻlardi. Prezident 25 mart kuni bu yerda boʻlib, yoʻl oʻtkazgichni rekonstruktsiya qilish va uning bir qismini yangidan qurish boʻyicha topshiriqlar bergan edi. Yaqinda ushbu koʻprikning foydalanishga topshirilgani haydovchilarga katta qulaylik yaratdi, harakat xavfsizligini taʼminladi.

Toshkentda ыurilgan yangi koʻprik - Sputnik Oʻzbekiston
Jamiyat
Shavkat Mirziyoyev Toshkentda yangi koʻprik ochdi

Yoʻl oʻtkazgichning eni 30, uzunligi 346 metr boʻlgan qismi rekonstruktsiya qilindi. Eni 22, uzunligi 281 metr boʻlgan qismi yangidan barpo etildi. Ikki tomonida piyodalar yoʻlakchalari qurildi.

Shavkat Mirziyoyev ushbu yoʻl oʻtkazgich odamlarga qanchalik manzur boʻlgani, transport harakati va xavfsizligiga qanday taʼsir koʻrsatgani bilan qiziqdi. Bunday koʻpriklarni poytaxtning boshqa joylarida ham qurish, bunda avvalo, xavfsizlik talablariga rioya etish zarurligini taʼkidladi.

Prezident koʻprik atrofini obodonlashtirish, poytaxt qiyofasiga mos zamonaviy binolar qurish boʻyicha koʻrsatmalar berdi. Toshkent avtomobil yoʻllarini loyihalash, qurish va ekspluatatsiyasi institutida koʻpriksozlik boʻyicha kadrlar tayyorlash masalasiga eʼtibor qaratildi.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala