Afg‘onistonda yuz bergan yer qimirlashi Toshkentda ham sezildi

Obuna bo‘lish
Seysmologlar xabariga ko‘ra uning Toshkentda 28-oktabr 3 balli yer qimirlashi s yezilgan. O‘zbekistonning boshqa hududlarida yer qimirlashi sezilmagan.

TOShKENT, 29 okt — Sputnik. O‘zbekiston aholisi 28-oktabr kuni Afg‘onistonda yuz bergan yer qimirlashining ta’sirini sezdi, deb xabar qilmoqda Sputnik muxbiri.

“Toshknt” seysmologik stansiyasi qayd etishiga ko‘ra, yer qimirlashi episentri Toshkentdan janubi-sharqiy yo‘nalishda 535 km masofada, Afg‘oniston Respublkasi hududida  joylashgan bo‘lgan.  

“Yer qimirlashi magnitudasi episentra M=5,7 ballni tashkil qildi. Toshkentda his etilgan yer osti silkinishlari kuchi 3 ballni tashkil qildi. O‘zbekistonning boshqa hududlarida yer qimirlashi sezilmadi”, — deyilgan seysmostansiya xabarida.

Olimlar fikriga ko‘ra, yer qimirlashi odatda tektonik plitalar bir-biriga tutashgan hududlarda sodir sodir bo‘ladi. Yer shari bir necha ulkan plitalardan iborat bo‘lib ular bir-biriga nisbatan doimiy ravishda harakatlanib turadi. Tektinik plitalar bir-biriga to‘qnashgan joylari yer qimirlashi episentriga aylanadi. Ushbu teoriya haqiqatg yaqin ekaniga quyidagi xarita ham dalil bo‘lishi mumkin. Unda 1963-yildan 1998-yilga qadar sodir bo‘lgan yer qimirlashlar episentrlari ko‘rsatilgan.

 

Yangiliklar lentasi
0