Iqtisod

Shavkat Mirziyoyev qurilishi boshlangan Toshkent yer usti halqa yoʻlini koʻzdan kechirdi

Prezident ushbu ulkan qurilish qanday boshlangani bilan tanishib chiqdi va uning poytaxt rivojlanishi uchun muhim iqtisodiy-ijtimoiy ahamiyatga ega ekanligini qayd etdi.

TOSHKENT, 29 okt – Sputnik. Toshkent shahrida yer usti halqa temir yoʻli qurilishi boshlandi, deb xabar qilmoqda Oʻzbekiston prezidenti matbuot xizmati.

Jeleznodorojnaya stantsiya v Tashkente - Sputnik Oʻzbekiston
Iqtisod
Toshkent tezyurar halqa temir yoʻl qurish gʻoyasidan voz kechdi

Ayni paytda estakadalar uchun monolit usulda beton ustunlar quyish ishlari boshlandi. Qurilish “Oʻzbekiston temir yoʻllari” aktsiyadorlik jamiyatiga qarashli “Koʻprik qurilish tresti” unitar korxonasi bunyodkorlari tomonidan amalga oshirilmoqda.

Shavkat Mirziyoyev ushbu qurilishni koʻzdan kechirib, uning muhim iqtisodiy-ijtimoiy ahamiyatga ega ekanligini qayd etdi.  

“Har tomonlama qulay, arzon va xavfsiz boʻlgan mazkur transport tarmogʻi barpo etilishi poytaxtimiz uchun ulkan iqtisodiy-ijtimoiy ahamiyatga ega”, — dedi Oʻzbekiston prezidenti.

Shuningdek, prezident yangi zamonaviy transport liniyasini 2020 yilgacha toʻliq foydalanishga topshirish boʻyicha mutasaddilarga zarur topshiriqlar berdi.

Tashkentskaya koltsevaya jeleznaya doroga, proyekt - Sputnik Oʻzbekiston
Jamiyat
Toshkent tezyurar halqa temir yoʻlining videosi paydo boʻldi

Eslatib oʻtamiz, Toshkent halqa temir yoʻlning umumiy uzunligi 52,1 kilometr boʻlib, uning 50,5 kilometri balandligi 6 metrlik estakadalar orqali oʻtkaziladi, 1,6 kilometri yer ustida quriladi. 

2017-2021 yillarga moʻljallangan loyiha besh bosqichda amalga oshiriladi. Dastlabki bosqichda Toshkent metropolitenining "Doʻstlik" bekatidan Qoʻyliq bozorigacha boʻlgan qismi quriladi. Uzunligi 11 kilometr boʻlgan ushbu qismda sakkizta bekat bunyod etilishi moʻljallanmoqda.

Ikkinchi bosqich Qoʻyliq bozori bilan "Olmazor" bekatini bogʻlaydi. Uchinchi bosqichda "Olmazor"dan "Beruniy" bekatigacha boʻlgan qism barpo etiladi. Keyingi bosqichda "Beruniy"dan "Bodomzor" bekatigacha quriladi, soʻnggi bosqichda "Doʻstlik" bekatiga ulanadi. 

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala