Yerning eng boy odami bu safar savdo sohasi vakili - Forbes

© forbesGlava kompanii Amazon milliarder Djeff Bezos
Glava kompanii Amazon milliarder Djeff Bezos - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Forbes nashri yana bir bor Yer sharining eng boy odamlari ro‘yxatini tuzdi, unga ko‘ra reytingning tepasida Djeff Bezos, Bill Geyts, Amansio Ortega va Mark Sukerberglar joylashgan.

TOShKENT, 29 okt — Sputnik. Forbes jurnali yana bir bor eng boy odamlar ro‘yxatini tuzdi.  Bu safar uning eng tepasiga Amazon internet-magazini bosh direktori Djeff Bezos chiqdi. Bugungi kunda Bezosning mablag‘i 93,1 milliard dollarni tashkil qilmoqda.

Bu safargi reytingda Bezos Microsoft asoschisi Bill Geytsdan 3,2 mlrd $ga o‘zib ketdi. Bu  Bill Geytsya qashshoqlashib qoldi degani emas, albatta, Geyts ulkan mablag‘larni xayr-saxovat maqsadlarda sarf qilar ekan. Forbes yozishicha, Microsoft avgust oyining o‘zida 4,6 milliard dollarni ana shunday sarf qilgan.

Eng boylar reytingining uchinchi qatorida sarmoyador Uorren Baffet joylashgan. Uning kapitali 80,6 milliar dollarni tashkil qilgan.

To‘rtinchi o‘rinda —  dunyoga mashhur kiyim brendi Zara egasi — ispaniyalik Amansio Ortega, uning mablag‘lari 77,9 milliard dollarov.

Beshinchi o‘rinda esa Facebook yaratuvchisi — Mark Sukerberg. Uning moliyaviy jamg‘armalari bugungi kunda 73,8 milliard dollar.

Forbes xabariga ko‘ra, dunyoda bor yo‘g‘i 150 kishi o‘n milliarddan ortiq mablag‘ga ega.

Yangiliklar lentasi
0