Hodisalar

Shimoliy Koreya urushga tayyorgarlik koʻrmoqda

© Sputnik / Ilya Pitalev / Fotobankka oʻtishGoroda mira. Pxenyan
Goroda mira. Pxenyan - Sputnik Oʻzbekiston
Poytaxtdan uzoqda joylashgan aholi punktlarida elektr chiroqlari oʻchirilib, ommaviy evakuatsiya mashqlari bajarilmoqda.

TOSHKENT, 29 okt — Sputnik. Shimoliy Koreya aholini omaviy evakuatsiya qilish boʻyicha mashqlar oʻtkazmoqda, bu urushga tayyorgarlik belgisi boʻlishi mumkin, deb xabar qilmoqda Daily Mail nashri.

Oʻtgan hafta dvavomida markazdan uzoqda joylashgan kichik aholi punktlarida tungi vaqtda elektr chiroqlari oʻchirilgan. Bu dushmanga oʻzini oshkor qilmaslik uchun, yaʼni maskirovka maqsadida qilingan boʻlishi mumkin.

Eslatib oʻtamiz, bu safargi oʻquv-mashgʻulotlari AQSH va KXDR orasida vaziyat keskinlashgan bir vaqtda boʻlib oʻtmoqda. Shimoliy Koreya AQSH tayziqidan qoʻrqib oʻzining yadroviy va raketa qurollari sonini oshirmoqda.

KXDRda oxirgi marta ana shunday oʻquv-mashgʻulotlari 2013 yilda oʻtkazilgan edi.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala