Dunyoda

Notinch Ukraina - Saakashvili yangi prezident saylovi oʻtkazishga daʼvat qilmoqda

© Sputnik / Pavel Palamarchuk / Fotobankka oʻtishDorojnыy znak, oboznachayuщiy territoriyu Ukrainskogo gosudarstva
Dorojnыy znak, oboznachayuщiy territoriyu Ukrainskogo gosudarstva - Sputnik Oʻzbekiston
Ukraina millatchilari Poroshenkoning Roshen fabrikasining yoʻlini bloklab olishdi, poytaxtda esa Saakashvili yangi prezident saylashga daʼvat qilmoqda.

TOSHKENT, 29 okt — Sputnik. "Ozod etish" ("Vizvolennya") radikallar harakati aʼzolari shanba kuni Vinnitsada joylashgan, Ukraina prezidenti Petr Poroshenkoga tegishli boʻlgan Roshen shirinliklar fabrikasining yoʻlini toʻsib qoʻyishdi, deb xabar qilmoqda RIA Novosti.

Xabarda aytilishiga koʻra, ushbu ishni amalgat oshirish uchun bir guruh radikallar Kiyevdan Vinnitsaga ataylab kelishgan.

"Prezident davlat vazifasi yoki biznesdan bittasini tanlashi kerak", — deyilgan ularning ijtimoiy tarmoqlarda eʼlon qilingan talabida. Shuningdek, aktivistlar shuningdek Poroshenkoga tegishli boʻlgan kompaniya tovar va xizmatlaridan voz kechishni talab qilishmoqda.

Eslatib oʻtamiz, ushbu yil Ukrainaning amaldagi prezidentiga tegishli boʻlgan 100 dan ortiq kompaniyalar daromadi 1 millard dollardan oshdi. Ukrainaning eng boy kishisi haligacha Riant Axmetov boʻlib qolmoqda. Uning daromadi oʻtgan yilda 6,9 mlrdni tashkil qildi.

Ukrainada bugungi kun turli voqealarga boy boʻldi. Odessada qora niqob kiygan shaxslar harbiy qismga kirib u yerdan harbiy mulkni olib chiqib ketishdi. Saakashvili esa Kiyevda 400 kishilik namoyish toʻplab Ukrainada muddatidan oldin prezident saylovi oʻtkazishni talab qildi. Xabarda aytilishiga koʻra Ukrainada Saakashvilini qoʻllab quvvatlayotgan kishilar aksariyat ukraina millatchilik tashkilotlari aʼzolari boʻlib, ular Rossiya bilan munosabatlarni butunlay toʻxtatib qoʻyishni ham talab qilishmoqda.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala