Notinch Ukraina - Saakashvili yangi prezident saylovi o‘tkazishga da’vat qilmoqda

© Sputnik / Pavel Palamarchuk / Mediabankka o‘tishDorojniy znak, oboznachayushiy territoriyu Ukrainskogo gosudarstva
Dorojniy znak, oboznachayushiy territoriyu Ukrainskogo gosudarstva - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Ukraina millatchilari Poroshenkoning Roshen fabrikasining yo‘lini bloklab olishdi, poytaxtda esa Saakashvili yangi prezident saylashga da’vat qilmoqda.

TOShKENT, 29 okt — Sputnik. "Ozod etish" ("Vizvolennya") radikallar harakati a’zolari shanba kuni Vinnitsada joylashgan, Ukraina prezidenti Petr Poroshenkoga tegishli bo‘lgan Roshen shirinliklar fabrikasining yo‘lini to‘sib qo‘yishdi, deb xabar qilmoqda RIA Novosti.

Xabarda aytilishiga ko‘ra, ushbu ishni amalgat oshirish uchun bir guruh radikallar Kiyevdan Vinnitsaga ataylab kelishgan.

"Prezident davlat vazifasi yoki biznesdan bittasini tanlashi kerak", — deyilgan ularning ijtimoiy tarmoqlarda e’lon qilingan talabida. Shuningdek, aktivistlar shuningdek Poroshenkoga tegishli bo‘lgan kompaniya tovar va xizmatlaridan voz kechishni talab qilishmoqda.

Eslatib o‘tamiz, ushbu yil Ukrainaning amaldagi prezidentiga tegishli bo‘lgan 100 dan ortiq kompaniyalar daromadi 1 millard dollardan oshdi. Ukrainaning eng boy kishisi haligacha Riant Axmetov bo‘lib qolmoqda. Uning daromadi o‘tgan yilda 6,9 mlrdni tashkil qildi.

Ukrainada bugungi kun turli voqealarga boy bo‘ldi. Odessada qora niqob kiygan shaxslar harbiy qismga kirib u yerdan harbiy mulkni olib chiqib ketishdi. Saakashvili esa Kiyevda 400 kishilik namoyish to‘plab Ukrainada muddatidan oldin prezident saylovi o‘tkazishni talab qildi. Xabarda aytilishiga ko‘ra Ukrainada Saakashvilini qo‘llab quvvatlayotgan kishilar aksariyat ukraina millatchilik tashkilotlari a’zolari bo‘lib, ular Rossiya bilan munosabatlarni butunlay to‘xtatib qo‘yishni ham talab qilishmoqda.

Yangiliklar lentasi
0